Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi Axloq kodeksining asosiy talablari


Axloq kodeksining asosiy talablari



Yüklə 7,29 Kb.
səhifə2/2
tarix27.03.2023
ölçüsü7,29 Kb.
#90448
1   2
1 Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 2 Axloq kodeksining a-fayllar.org

Axloq kodeksining asosiy talablari
Auditorlar axloq kodeksida har bir auditor rioya qilishi zarur bo’lgan ta-moyillar keltirilgan, ya’ni:
- halollik,
- mustaqillik,
- ob’ektivlik (xolislik),
- malakaviy kompetentlik,
- maxfiylik va boshqalar.

Auditning axloq kodeksi

tamoyillari
Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim.
O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda:
Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish;
Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa, sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif etmasligi zarur.
Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak.
Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.
Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi.
Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini qo’yadi.
Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi.
Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur.
Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari ham hisoblanuvchi qator nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi.
Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi lozim.
Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim. Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab etish va uni baholay olish muhimdir.


E’TIBORINGIZ UCHUN

RAHMAT 


http://fayllar.org
Yüklə 7,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin