Auditor va uning yordamchisining asosiy huquq va majburiyatlari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#162817
auditor va uning yordamchisining asosiy huquq va majburiyatlari



AUDITOR VA UNING YORDAMCHISINING
ASOSIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Zarifjonov Sayyodbek
Audit


 Auditor — auditor malaka sertifikatiga
ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.


Auditor mehnat shartnomasi bo‘yicha
yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma
bo‘yicha faqat bitta auditorlik tashkiloti
bilan ishlashi mumkin.


JAVOBGARLIGI
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz
o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi
hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida
auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi
uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik
tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi.


AUDITORNING MALAKA
SERTIFIKATI
Auditorning malaka sertifikati — auditorning
malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti
nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish
huquqini beruvchi hujjat.
Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta
rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal
qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus
vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.


 AUDITORNING
YORDAMCHISI
Auditorning yordamchisi auditor malaka
sertifikatiga ega bo‘lmagan va auditorlik
hisobotida, auditorlik xulosasida
auditorning ekspert xulosasida hamda
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo
chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda
auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik
tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy
shaxsdir.


FAOLIYATI
Auditor yordamchisining mehnat
shartlari qonun hujjatlarida qayd
etilgan tartibda tuzilgan mehnat
shartnomasi bilan belgilanadi.


MAJBURIYATI
 Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan
ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning
yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.
 Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt
auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur
bo‘ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qo‘shiladi.


 AUDITOR MALAKA SERTIFIKATINING
AMAL QILISHINI TUGATISH
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun
quyidagilar asos hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni
auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi
shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari
talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;


 AUDITOR MALAKA SERTIFIKATINING
AMAL QILISHINI TUGATISH
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib,
mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish
uchun o‘z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining
aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik
munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish
huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi
hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala
layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.


THANK YOU
ZARIFJONOV SAYYODBEK
Presenter :
End Of Presentation

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin