Auditorlik dalillar (500-son axs) reja


Auditorlik dalillarni olish usullari



Yüklə 19,11 Kb.
səhifə4/5
tarix15.10.2023
ölçüsü19,11 Kb.
#156024
1   2   3   4   5
Auditorlik dalillar (500-son axs) reja-fayllar.org

4. Auditorlik dalillarni olish usullari
Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №500-«Auditorlik dalillar» nomli AXSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib chiqamiz. Bular:
1) mijoz-korxonaning arifmetik hisob-kitob-larini tekshirish (qayta hisoblash);
2) inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;
3) tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish;
4) ko’rib chiqish, tahliliy amallar;
5) muqobil balans tuzish kabi usullardir.
Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat. №500-«Auditorlik dalillar» nomli AXSda qayta hisoblashlar tanlab amalga oshirilishi tavsiya qilingan. Tanlash ko’lami va uning elementlari auditor tomonidan ichki nazorat tizimining ahvolini hisobga olgan holda mustaqil aniqlanadi. Hujjatni rasmiylashtirishdan hisobot tuzilgunga qadar ma’lumotlarni shakllantirish ustidan o’rnatilgan samarali ichki nazorat tizimi (moddiy javobgar shaxslarni o’zaro qa-rama-qarshi tekshirish, rahbariyat, bosh buxgalter va buxgalterlar tomonidan nazorat) sodir bo’lishi mumkin bo’lgan arifmetik xatolarni, natijada auditorlik riskni pasaytiradi. Qo’lda to’lg’azilgan hujjatlar va hisob registrlari (ma’-lumotnomalar va hisob-kitoblar, kassa hisobotlari, bo’nak hisobotlari, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va boshqalar) qayta hisoblashdan o’tkaziladi. Agar mijoz-korxonada hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo’lsa, dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi arifmetik hisoblashlarni tekshirish zarurati oshadi. Bu kompyuter dasturlarini ataylab noto’g’ri tuzish va arifmetik xatolarni kompyuter klaviaturasidan noto’g’ri kiritish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish kompyuter dasturiga kiritilgan hisob-kitoblar algoritmini nazorat qilishni taqozo etadi. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan bo’lsa, hisob-kitoblarni tekshirish ham kompyuterdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya – mijoz korxona mol-mulklarining mav-judligi to’g’risida aniq ma’lumot olishga imkon beradi. Bunda barcha mol-mulklar (debitor qarzlar ham) va kreditor qarzlar inventarizatsiya qilinishi zarur. Xalqaro va Milliy audit standartlariga muvofiq auditorlar o’zlari inventarizatsiya o’tkazishi shart emas, ammo uning o’tkazilishi ustidan nazorat qilishi lozim. Bu butun ichki nazorat tizimining va ayrim nazorat vositalarining ishonchliligini baholashga imkon beradi. Masalan, mijoz-korxonaning joriy yildagi hisob siyosatida mol-mulklar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tartibi ko’rsatilmagan bo’lsa, shuningdek, moddiy javobgar shaxslar almashga-nida ham yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin ham inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, bu hol auditorga ichki nazorat tizimining ishonchliligini past deb baholashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida auditor xo’jalik muomalalarini dastlabki hujjatlarda o’z vaqtida va sifatli ras-miylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarning harakati to’g’risidagi hisobotlarni tuzish tartibi va operativ hisob yuritish to’g’risida, korxonaning o’ziga tegishli va komissiyaga qabul qilingan tovarlari hamda materallarining saqlanish tartibi to’g’risida ma’-lumot olishi mumkin. Invetarizatsiya o’tkazish jarayonida hisobda aks ettirilmagan faktlar aniqlanishi ham mumkin. Bu holat moddiy boyliklarni saqlash bo’yicha xizmat ko’rsa-tish, binolarni shartnoma tuzmasdan ijaraga berish va shunga o’xshashlar bilan bog’liq.
Hisobot yilida o’tkazilgan inventarizatsiya natijalarining ma’lumotlari korxona tomonidan maxsus dalolatnomalar, qaydnomalar va boshqa tegishli hujjatlarda umumlashtirilishi lozim. Inventarizatsiyaning o’tkazilishini kuzatish, shuningdek inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil etilishini to’g’ri baholash imkonini beradi.
Alohida xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidala-riga rioya qilinishini tekshirish bevosita ushbu ishlarning bajarilish paytida amalga oshiriladigan hisob ishlari ustidan nazorat o’rnatishni nazarda tutadi. Auditor u yoki bu xo’jalik muomalasining hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirilayotganligi, hamda bunday fakt-larni hisob registrlarida aks ettirishning ketma-ketligi ustidan nazorat o’rnatishni kuzatadi. Bu ichki nazoratning ahvoli kabi, buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishini ham baholashga imkon beradi. Tasdiqlash auditorlik dalili sifatida hisob-kitob va valyuta schetlaridagi, mol etkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadigan schetlardagi qoldiqlarning haq-qoniyligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish uchun qo’llaniladi.


Yüklə 19,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin