Auditorlik dalillar (500-son axs) reja



Yüklə 19,11 Kb.
səhifə1/5
tarix15.10.2023
ölçüsü19,11 Kb.
#156024
  1   2   3   4   5
Auditorlik dalillar (500-son axs) reja-fayllar.org


Auditorlik dalillar (500-son axs) reja

Auditorlik dalillar (500-son AXS)
REJA:
1. Auditorlik dalillarning turlari.
2. Auditorlik dalillarni olish manbalari.
3. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash.
4. Auditorlik dalillarni olish usullari.


1. Auditorlik dalillarning turlari
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi. Auditorlik dalillar turlariga ko’ra yozma va og’zaki dalillarga bo’linadi. Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin. Ammo ayrim hollarda og’zaki dalillar ancha muhim va foydali bo’lishi mumkin. Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda auditorlik tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat. Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi:
a) faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar;
b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan olingan dalillar;
v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar.
Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni fakt-vaziyatlar deb hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan inventarizatsiya yo’li bilan aniqlanadi.
Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini to’ldirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq operatsiyalar misol bo’lishi mumkin. Shuningdek, bitta huj-jatning turli nusxalaridagi yozuvlarining bir-birlariga mos kelmaslik holatlari. Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniq-lash hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan:
1) 2910-«Omborlardagi tovarlar» schetida korxona mulki hisob-langan tovarlar hisobga olinishi lozim;
2) auditor ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur;
3) taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910-«Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa, hech qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin.

Yüklə 19,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin