1.O`zbekistonda auditorlik faoliyatini me`yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi.
2.Auditorlik faoliyatining milliy standartlari.
3.Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
Auditorlik faoliyatini me`yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog`onasida O`zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo`lib, 29 moddadan iborat (1-ilova). Qonun Respublikamizning moliyaviy-iqtisodiy tizimida auditning o`rni, maqsadi va vazifalarini belgilangan.

«Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog`onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to`g`risida»gi Qarori qabul qilingan.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to`g`risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi o`tkazishdan bo`yin tovlaganligi uchun xo`jalik yurituvchi subektlardan jarima undirish tartibi to`g`risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to`g`risidagi Nizom» tasdiqlangan.

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xojalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning togriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Ushbu qarorga muvofiq: ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xojalik yurituvchi subektining moliya-xojalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish otkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi;
Qarorning 3-bandiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funktsiyalar yuklatilgan:
O`z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o`qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini to`xtatib turish, to`xtatish va bekor qilish;