Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik faoliyati togrisidagi» Qonunning 8 moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xojalik yurituvchi subekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xojalik yurituvchi subektning boshqa moliyaviy axboroti togrisida notogri yakundan iborat bolgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar boladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz otkazganlik yoki lozim darajada otkazmaganlik oqibatida xojalik yurituvchi subektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 336 moddasiga muvofiq ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatida ham vujudga keladi. Unda korsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir taraf ozi javobgar bolgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin bolmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bolmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni undirib olishga haqli.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya uni bergan davlat organi tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish togrisida ariza bilan murojat qilganda; litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda; maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish togrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlanganda; agar auditorlik tashkiloti unga litsenziya berish togrisidagi qaror qabul qilingani haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan etiboran uch oy muddat ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji tolanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bolsa.
ADABIYOTLAR ROYXATI
Ozbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi togrisidagi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.
Ozbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati togrisidagi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (OzR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, OzR 04.04.2006 y. ORQ-28-son Qonuni, OzR 10.10.2006 y. ORQ-59-son Qonuni, OzR 17.09.2007 y. ORQ-110-son Qonuni, OzR 09.09.2009 y. ORQ-216-son Qonuni asosidagi ozgartirishlar bilan)
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari togrisida» Nizom.
Dosmuratov R.D. Audit asoslari.-T.: Ozbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.
Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.
Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.
Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов,
Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б.
Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай,
А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с.
Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2009 г. – 744 стр.
Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр.
Dostları ilə paylaş: |