Reja:
1.Ozbekistonda auditorlik faoliyatini meyoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari 3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
1. Ozbekistonda auditorlik faoliyatini meyoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari
Auditorlik faoliyatini meyoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pogonasida Ozbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati togrisida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bolib, 29 moddadan iborat (1-ilova). Qonun Respublikamizning moliyaviy-iqtisodiy tizimida auditning orni, maqsadi va vazifalarini belgilangan.
«Auditorlik faoliyati togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pogonasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda Oz-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish togrisida»gi Qarori qabul qilindi (3-ilova).
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi togrisidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi otkazishdan boyin tovlaganligi uchun xojalik yurituvchi subektlardan jarima undirish tartibi togrisidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish togrisidagi Nizom» tasdiqlangan.
Ushbu qarorga muvofiq: ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xojalik yurituvchi subektining moliya-xojalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish otkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi;
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xojalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning togriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Qarorning 3-bandiga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funktsiyalar yuklatilgan:
oz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun oqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini toxtatib turish, toxtatish va bekor qilish;
1-ilova
Dostları ilə paylaş: |