3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
Auditorlik tashkiloti mustaqil xojalik yurituvchi subekt sifatida «Auditorlik faoliyati togrisida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
auditorlik tekshiruvi otkazish togrisida qaror qabul qilish uchun xojalik yurituvchi subektning tasis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi otkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
auditorlik tekshiruvi otkazilayotganda xojalik yurituvchi subekt amalga oshirayotgan moliya-xojalik faoliyati bilan bogliq hujjatlarni toliq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvini otkazish davomida yuzaga kelgan masalalar boyicha xojalik yurituvchi subektning moddiy javobgar shaxslaridan ogzaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bolgan qoshimcha malumotlarni olish;
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xojalik yurituvchi subektdan olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bolgan barcha axborot xojalik yurituvchi subekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi otkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini otkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xojalik yurituvchi subektga professional xizmatlar korsatish, bundan buxgalteriya hisobini yolga qoyish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga azo bolib kirish.
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bolishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi otkazish togrisida qaror qabul qilish uchun xojalik yurituvchi subektning tasis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqadi.
Xojalik yurituvchi subektning tasis hujjatlari yani ustavi va tasis shartnomasi bilan tanishish auditorga bolgusi mijozining yuridik maqomi, faoliyat turi, predmeti va tasischilari togrisida aniq tasavvurga ega bolish imkonini beradi. Bunda auditor korxonaning asosiy ustav faoliyati, ustavning qachon va qaysi davlat organida royxatga olinganligi hamda notarial idora tomonidan tasdiqlanganligiga etibor berishi kerak. Shuningdek, tasis shartnomasiga muvofiq tasischilari kimlar, ularning yuridik maqomi, ustav kapitalidagi ishtiroki (ulushi), moliya-xojalik faoliyati boyicha huquq va majburiyatlari bilan tanishadi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan tanishish auditor uchun korxonada buxgalteriya hisobining qaysi shakli (memorial-order, jurnalorder, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) qollanilishi, buxgalteriya apparatining hajmi va tuzilishi, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishning qay darajada meyoriy taminlanganligi, umumiy moliyaviy ahvol va boshqalar togrisida dastlabki tasavvurga ega bolish imkonini beradi.
Auditorlik tekshiruvi otkazilayotgan xojalik yurituvchi subekt amalga oshirayotgan moliya-xojalik faoliyati bilan bogliq hujjatlarni toliq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish.
Qonunda belgilangan ushbu huquqlar tekshiruv jarayonida zarur bolgan, mijoz-korxonaning moliya-xojalik faoliyati bilan bogliq hujjatlarni hech qanday tosqinliksiz toliq hajmda olish imkonini beradi. Shuningdek, auditor ushbu hujjatlarda aks ettirilgan mol-mulklarning haqiqatda mav-judligini va majburiyatlar holatini tegishli usullar (inventarizatsiya qilish, qarama-qarshi tekshiruv va h. k.) bilan tekshirish huquqiga ega. Mijoz-korxona esa auditor talab qilgan barcha hujjatlarni toliq hajmda taqdim etishi, mol-mulklar mavjudligi va majburiyatlar holatini tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
Auditorlik tekshiruvini otkazish davomida yuzaga kelgan masalalar boyicha xojalik yurituvchi subektning moddiy javobgar shaxslaridan ogzaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bolgan qoshimcha malumotlarni olish.
Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xato-kamchiliklar, xususan kamchiliklar va ularning sabablari hamda moddiy javobgar shaxslardan yozma va ogzaki tushuntirish oladi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvini boshlashdan oldin ham moddiy javobgar shaxslar (kassir, omborchi va b.)dan belgilangan tartibda tilxat oladi.
Shu bilan birga auditor zarur hollarda uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xojalik yurituvchi subektdan olishga ham haqli.
Ishonchli auditorlik xulosasi tuzishi uchun barcha axborotlar xojalik yurituvchi subekt tomonidan taqdim etilmagan hollarda auditor tekshiruv otkazishdan bosh tortishi «Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish togrisidagi arizasi» bilan rasmiylashtirishi mumkin.
Bulardan tashqari auditorlik tashkiloti zaruratdan kelib chiqib tekshiruvda ishtirok etishga boshqa auditorlar va mutaxassislarni ham belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: |