Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirm
Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Dastlabki besh yillik muddat tugagandan so‘ng uning amal qilish muddatini navbatdagi o‘n yilga uzaytirish, auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish auditor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda yoki o‘n yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun hujjatlar mazkur Nizomning 37-bandiga muvofiq taqdim etilganda, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan sanadan boshlab malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashi sanasigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i auditor sifatida uzluksiz ish stajini hisoblashda inobatga olinadi.
Auditor lavozimiga tayinlashlar oralig‘idagi vaqt bir oydan oshmagan bo‘lsa, ushbu davr auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlashda uzilish deb hisoblanmaydi.