Autentifikatsiya


Parollar asosida autentifikatsiyalash



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə3/11
tarix29.01.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#51781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-маъруза

Parollar asosida autentifikatsiyalash.Autentifikatsiyaning keng tarqalgan sxemalaridan biri oddiy autentifikatsiyalash bo’lib, u an’anaviy ko’p martali parollarni ishlatishiga asoslangan.Tarmoqdagi foydalanuvchini oddiy autentifikatsiyalash muolajasini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Tarmoqdan foydalanishga uringan foydalanuvchi kompyuter klaviaturasida o’zining identifikatori va parolini teradi. Bu ma’lumotlar autentifikatsiya serveriga ishlanish

uchun tushadi.Autentifikatsiya serverida saqlanayotgan foydalanuvchi identifikatori bo’yicha ma’lumotlar bazasidan mos yozuv topiladi, undan parolni topib foydalanuvchi kiritgan parol bilan taqqoslanadi. Agar ular mos kelsa, autentifikatsiya muvaffaqiyatli o’tgan hisoblanadi va foydalanuvchi legal (qonuniy) maqomini va avtorizatsiya tizimi orqali uning maqomi uchun aniqlangan xuquqlarni va tarmoq resurslaridan foydalanishga ruxsatni oladi.

Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash sxemasi 1.2– rasmda keltirilgan.

Foydalanuvchi Autentifikatsiya server


Rasm.1.2. Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash


Ravshanki, foydalanuvchining parolini shifrlamasdan uzatish orqali autentifikatsiyalash varianti xavfsizlikning xatto minimal darajasini kafolatlamaydi.Parolni himoyalash uchun uni himoyalanmagan kanal orqali uzatishdan oldin shifrlash zarur. Buning uchun sxemaga shifrlash Ek va rasshifrovka qilish Dk vositalari kiritilgan. Bu vositalar bo’linuvchi maxfiy kalit K orqali boshqariladi. Foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish foydalanuvchi yuborgan parol PA bilan autentifikatsiya serverida saqlanuvchi dastlabki qiymat ni taqqoslashga asoslangan. Agar PAva qiymatlar mos kelsa, parol PA haqiqiy, foydalanuvchi A esa qonuniy hisoblanadi.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin