Autentifikatsiya



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə8/11
tarix29.01.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#51781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-маъруза

Yuzning tuzilishi bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar.Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu biometrik tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi subyektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo’lgan ilovalar uchun to’g’ri keladi.

Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko’z, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda xususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.

Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug’ligi jadalligining kun bo’yicha tebranishi natijasidagi yorug’lik o’zgarishiga ta’sirchan bo’ladilar. Yuz holatining o’zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining90° ga o’zgarishi aniqlashni samarasiz bo’lishiga olib keladi.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin