Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari.Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadi.Xususan ularni ko’pgina shaxsiy kompyuterlar
standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o’rnatish mumkin.
Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo’lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so’zini izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi so’zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So’zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi chegaralanishlarga ega.Turli odamlar o’xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog’lanishlarining sifati so’zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo’yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometrik tizimlar bilanbirgalikda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |