Autentik matnlar ustida ishlash (sohaga oid matnlarning til xususiyatlarini o\'rganish). Matnlarni tahlil qilish
1.Lisoniy tabdil usuli. Tabdil – «almashtirish, о‘zgartirish, о‘rin almashtirish» degan ma’noni bildiradi. Asar tilining badiiyligi, ishonarliligi, yozuvchining mualliflik mahoratini aniqlashda ushbu tahlil usuli natijalaridan foydalaniladi. Asarda qо‘llanilgan sо‘z yoki iboralarni, jumlalarni qayta tuzib kо‘rish, о‘xshashi bilan almashtirib kо‘rish va shu asosda baho berish nazarda tutiladi. Masalan, Abdulla Qahhorning «Anor» hikoyasidagi mana bu misolga e’tibor bering:
« – YO qudratingdan, indamaydi-ya! – dedi Turobjon keltirgan matoini titkilab – mana, chaynab kо‘r! Kо‘rgin, bо‘lmasa, innaykiyin degin…
Ayni о‘rinda narsa sо‘zi emas, balki atayin mato sо‘zi qо‘llangan. Narsa sо‘zi uslubiy jihatdan xolis, mato sо‘zi esa ayni ma’nosi bilan xolis emas, ya’ni unda kamsitish bilan bog‘liq ma’no qirrasi mavjud, bu ma’no qirrasi titkilab fe’l shakli bilan yana ham ta’kidlangan. Anorga boshqorong‘i bо‘lgan va erining anor olib kelishini intiq kutib о‘tirgan xotin nazarida, bu-ku arining uyasi – mumli asal ekan, toza asalning о‘zi ham narsa emas faqat mato. Hikoyaning umumiy intonatsiyasi, voqea rivoji ayni о‘rinda mato sо‘zini boshqa sinonimi bilan almashtirishga imkon bermaydi.»3 Mahoratli adib CHо‘lpon asarlaridan bunday holatlarni istagancha topish mumkin. Masalan, о‘zbek tilida о‘ramoq, burkamoq, chulg‘amoq, chirmamoq tarzidagi ma’nodosh sо‘zlar qatori mavjud bо‘lib, burkamoq sо‘zida о‘ramoq sо‘ziga nisbatan о‘rash belgisi anchayin ortiq, ya’ni uning ma’no qurilishida «hech bir ochiq joyini qoldirmay» degan qо‘shimcha ifoda semasi mavjud. Shuning uchun ham ushbu parchada CHо‘lpon tegishli mazmun ifodasi uchun о‘ramoq sо‘zini emas, balki ayni burkamoq sо‘zini tanlash orqali tasvirdagi aniqlik va ekspressivlikni oshirishga muvaffaq bо‘lgan: Hali tuzuk-quruq odam qatoriga kirib yetmagan bu qizchani katta xotinlarning oriyat paranjisiga burkaganlar, paranjining uzun etaklari katta bir tugundek uning qо‘ltig‘ini tо‘lg‘azardi.4 Shuning uchun ham mazkur о‘rindagi birliklarni sinonimi bilan yoki boshqa biror sо‘z bilan almashtirib bо‘lmaydi. Almashtirilsa asar badiyatiga putur yetadi.