Autoimmun kasalliklar



Yüklə 68,58 Kb.
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü68,58 Kb.
#196568
1   2   3   4   5   6   7
Autoimmun kasalliklar

Allergiya (yunoncha αλλεργία — begonaga taʼsir) — organizmning spetsifik holati, allergen taʼsirida yuzaga keladi. Bunda shu organizm shu allergenga sezgir boʻladi. Gipersezgirlikning tez yoki sekin turlari koʻrinadi. Idiosinkraziyadan antitelolar paydo boʻlishi bilan farqlanadi.
Allergiya (yun. allos — boshqa, oʻzga, begona va ergon — taʼsir) — kishi organizmida tashqaridan taʼsir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega boʻlgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo boʻladigan oʻziga xos reaksiya. Allergenga nisbatan javob raksiyasi darhol yoki asta-sekin oʻta sezuvchanlik koʻrsatish orqali sodir boʻladi. Allergen organizmga tushganida unga javoban haqiqiy va soxta (psevdoallergik) allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiya boshlanishidan oldin maʼlum bir davr oʻtib, bunda organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibilizatsiya deb ataladi. Sensibilizatsiya yuzaga kelishi organizmda unga birinchi bor tushgan allergenga javoban alohida oqsil moddalar — antitelolar yoki oʻsha allergen bilan oʻzaro taʼsir qila oladigan limfotsitlar paydo boʻlishiga bogʻliq. Shungacha allergen organizmdan chiqarib yuborilgan boʻlsa, hech qanday kasallik alomati koʻzga tashlanmaydi. Agar allergen chiqib ketmagan boʻlsa yoki chiqib ketganidan keyin organizmga takror tushsa, bunda u yuqoridagi antitelolar yoki limfotsitlar bilan oʻzaro taʼsirlashib, allergiyaga sabab boʻladi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar boshlanib, gistamin, serotonin kabi talaygina moddalar ishlanib chiqib, hujayralar, toʻqimalar va aʼzolarni zararlantiradi, shu tarika maxsus, yaʼni ilgari organizmga taʼsir qilgan allergenga javoban reaksiya roʻy berib, allergik kasallik paydo boʻladi. Soxta reaksiyalar organizm allergenga birinchi bor duch kelganida boshla-naveradi. Bunda sensibilizatsiya davri boʻlmaydi. Organizmga tushgan allergenning oʻzi hujayra, toʻqima va aʼzolarni zararlantiradigan moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiyalar koʻpincha dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan roʻy beradi. Organizm allergenga duch kelganida hamisha ham allergiyav paydo boʻlavermaydi. Bunda irsiyat, nerv va endokrin sistemalar ahvoli muhim ahamiyatga ega, chunki kasalikka asosan bu sistemalar funksiyasining buzilishi, ogʻir ruhiy kechinmalar sabab boʻladi. Allergiyaning oldini olish sensibillovchi taʼsirga ega boʻlgan moddalarning organizmga takror kirishiga va organizm himoya reaksiyalarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishdan iborat[1]. Antigenler: a) oʻz hujayralari membranalarining tarkibiy qismlari (turli omillar taʼsirida oʻzgarmagan va oʻzgargan); b) hujayra membranalarida ikkilamchi fiksatsiyalangan (adsorbsiyalangan) antijenler, masalan, dorilar; v) toʻqimalarning hujayra boʻlmagan komponentlari (kollagen, miyelin).
Allergiya — immunopatologik jarayon bo’lib, organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlar juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining reaktsiyasidir.
Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi. Buday moddalar oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud bo’ladi. Ularning aksariyati zararsiz, ya’ni ko’pchilikda allergiya chaqirmaydi.
Allergiya yer yuzida juda keng tarqalgan patologiya. Sog’liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Yevropada taxminan 20% odamlar pollinozga (allergik rinokonyuktivit, allergik rinit) duchor bo’lishgan.
Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni oshishi kuzatilmoqda. «Allergy UK» ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 30-40% odamlar hayotining muayyan bir qismida allergiyaga to’qnash keladi. Ushbu holatdan bolalar eng ko’p aziyat chekadi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan.

Yüklə 68,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin