Avesto – oila va jamiyat masalalari haqida muhum manba sifatida Mundarija



Yüklə 160,8 Kb.
səhifə2/5
tarix24.05.2022
ölçüsü160,8 Kb.
#59294
1   2   3   4   5
Avesto – oila va jamiyat masalalari haqida muhum manba sifatida

Daxyunam fratemato - ittifoqdoshlar yig‘ilishi
Avesto qadimgi jamiyat a’zolarini to‘rt taifaga bo‘ladi: qohinlar, jangchi askarlar, chorvadorlar va hunarmandlar (Yasna kitobi, 19-bob). Avestoda tilga olingan “baland uylar”, “ustunlar” iboralari Avesto jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosida bronza davri dehqonchilik jamoalarining hayotiy manzarasi yotadi. Oilaga teng xuquqga ega bo‘lmagan a’zolar bo‘lgan-vira (qul), vaysa, pariytar . Ota tomondan qarindoshlar “nafa” deyilgan. 100 ta teng huquqli erkaklarni urug‘ tashkil etgan6.
Darhaqiqat, agar o‘sha davr jamiyati a’zolari tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, qadimgi dehqonchilik mintaqalarida dastlab boshqaruv tizimining tepasida qohinlar turgan. Ular “chorva va keng yaylovlar egasi” hisoblangan. Jangchi askarlar bu oriylar bo‘lib, kohinlardan keyingi mulk egalari bo‘lganlar. Avestoda asosiy boylik chorva hisoblangan. Zaratushtra o‘z ta’limotida “Chorvaga yaxshi ega kerak. Ushbu yerdagi chorva egalariga men erkin yurishni va erkin hayotni ta’min qilaman” deydi (Yasna, 24. Gatlar). Ana shu erkin hayot egalari oriylar edi. Avestodagi chorvadorlar toifasi esa kohinlar va jangchi oriylar boyligi – chorva mol-qo‘ylari va yilqilarini boquvchi cho‘ponlardir.
Hunarmandlar toifasiga kelsak, ular mehnat va harbiy qurollar, zargarlik, kulolchilik va to‘qimachilik kasbini ziroatchilikdan ajralmagan holda olib boruvchi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi dehqonchilik jamoalaridir. Ammo, Avestoning Yasna va Yashtlarida dehqonchilik haqida ma’lumotlar uchramaydi. Bunday ma’lumotlar Avestoning Videvdat kitobiga kiritilgan (Videvdat, 3-bob).
Zardushtiylikda to‘rt unsur - suv, olov, tuproq, havo muqaddas deb hisoblangan. Ularni iflos qilish, toptash, bulg‘ash mumkin bo‘lmagan. Olov-zardushtiylik dinining e’tiqod manbai bo‘lib, u zardushtiylar ibodatxonasining markazida joylashtirilgan.
Avestoda diniy va axloqiy falsafiy qarashlar. Zaratushtraning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash xudolar o‘rtasida boshlanib, tabiatda va insonlar hayotida ham davom etadi. Aholi joylashgan dunyoni zardushtiylar 7 ta tabiiy qismlarga bo‘lganlar. Bu dunyoning tarixi 12 ming yil davomida rivojlanadi, deb faraz qilganlar. Ular dunyo rivojini to‘rt bosqichga bo‘lib, har bir bosqich 3 ming yilni o‘z ichiga olgan. Birinchi bosqich-ko‘rinmas ma’naviy dunyo; ikkinchisi-yerda odamzod hayotini boshlanishi, ya’ni Gavamard (islomda Odam ato) ning paydo bo‘lish davri; uchunchisi - “oltin davr”, ya’ni oriylarning tarix maydoniga chiqish davri; to‘rtinchisi - payg‘ambar Zaratushtra vafotidan keyingi davr.
Dunyo tarixining ikkinchi bosqichida yovuzliklar ilohi Axriman (islomda Shayton) faoliyati boshlanadi. Axriman Gavamardni o‘ldiradi, ammo undan tarqalgan erkak va ayol insoniyat urug‘ini davom ettiradi. Avestoga ko‘ra, oriylar Gavamard farzandlaridan tashkil topgan. Oriylarni Avesto turlarining aslzodalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Uchunchi bosqich Yima (Jamshid) podsholik qilgan “oltin” davr bo‘lib, bu davrda odamlar baxtli hayot kechirganlar. Dunyo aholisi bir necha bor ko‘paygan, qushlar va hayvonlar yashashi uchun sayhon (odam oyog‘i yetmagan) yerlar qolmagan. Axuramazda maslahatiga ko‘ra, Yima har 300, 600 va 900 yil davomida insonlar yashaydigan yerlar chegaralarini kengaytirib borgan. Yima sovuq va suv toshqiniga qarshi “vara”- to‘rtburchakli qal’a qurishga asos solgan. Demak, bu davr arxeologik davriy tizimda bronza va ilk temir davriga to‘g‘ri keladi. Dunyo tarixining to‘rtinchi bosqichida insoniyatni yovuz kuchlardan xalos etuvchi, qutqaruvchi Saosh’yant ismli shaxs paydo bo‘ladi, yer yuzini yomonliklardan tozalaydi, gunoh ish qilgan va qiluvchi odamlarni yo‘q qiladi. Aynan shu davrda bahodirlarga hamdu-sanolar to‘qish, hayot va o‘lim falsafasi, xalq og‘zaki ijodiyoti kelib chiqadi. Bu davr kishilik tarixida “harbiy demokratiya davriga” to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi davrning so‘nggida “oxirgi zamon” boshlanadi.
Avesto bu borliq dunyoni odam uchun sinov maydoni, deb tushuntiradi. Zero, insoniyat, dastlab, Yima podsho bo‘lgan davrlarda azaliy-abadiy baxt-saodat makonida kasallik va o‘lim ko‘rmay, oltin asrni boshidan kechirgan. Yima ming yil podsho bo‘lib, jannatmakon yurtni yaratgan. Unda mag‘rurlik g‘olib kelib, Axuramazda man etgan taom-qoramol go‘shtini yeb qo‘yadi va jazoga tortiladi. Natijada, uning avlodlari, ya’ni barcha odamzod tirikchilik dardi – tashvishlariga giriftor bo‘ladi, ya’ni yeyish-ichish zaruriyatiga, kasalliklar va o‘limga yuzma-yuz bo‘ladi. Axriman Axuramazda tanasidan ajrab chiqib, yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi, dunyoni azaliy ezgulik bag‘riga qaytarishning birdan bir yo‘li pok hayot, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymonli e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi amallarga qo‘l urishdir. Shunday qilib, Avesto dunyodagi eng qadimgi din - zardushtiylik ta’limotini axloqiy falsafasi, bu kitob nafaqat diniy, balki keng ma’noda tarixiy va adabiy manba, ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yig‘indisidir7.




  1. Yüklə 160,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin