Qo’qon shahar XTBga qarashli 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi ingliz tili metod birlashmasining 2021-2022-o’quv yilida amalga oshirgan ishlari
Hisoboti Ingliz tili metod birlashmasida 2021-2022-o’quv yili uchun avgust oyida metod birlashma tomonidan yillik ish reja tuzib chiqildi va tasdiqlandi.Unga ko’ra quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Avgust oyida
-online bo’lib o’tgan shuba yig’ilishida ingliz tili fani o’qituvchilari ishtirok etdilar va joriy yildagi ta’lim yangiliklarini metod birlashma yig’ilishida o’rganib chiqdilar.
-O’zbekiston Respublikasi XTVning “Xalq ta’limi tizimida uzliksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to’g’risida”gi 2020-yil 13-avgustdagi 183-son buyrug’i va buyruq asosidagi ilovani metod birlashma a’zolari bilan ko’rib, o’rganib chiqish.
Noyabr oyida
-Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan jadval asosida “Fan oyligi” rejasini ishlab chiqilib, jadval asosidagi ochiq darslar va tadbirlar o’tkazildi. Bunga ko’ra, 8-sinfda Rahmonova E.”History of the cinema”, 10-sinfda “Grammar:every,all” Sh.Hudayarova, 10-sinfda “The power of advertising” G. Xolmatova, 6- sinfda “When’s your birthday? N Shodmonova, 5-sinfda “This-That,These-Those” D. Xolmatova, 1-sinfda “Do you like banana?” N .Mirzayeva.lar keltirilgan mavzular bo’yicha ochiq darslar o’tishdi.
- Maktab o’quvchilari ishtirokida 10,4,8,1,7-sinflar ishtirokida “Kay va Gerda” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Dekabr oyida
1-2-sinflar o’rtasida “The smart youngest pupil “nomli tanlov o’tkazildi va g’olib o’quvchilar taqdirlandilar.
-Metod birlashmaning 2021-2022-o’quv yilining 2-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va 3-chorakdagi amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.
-yuqori sinflar o’rtasida o’tkazilgan fan olimpiadasi yakuniy natijalari tahlili va bo’shliqlar bo’yicha ishlandi.
-ta’limga oid yangiliklar o’rganib chiqildi.
5-8-sinf o’quvchilarining ingliz tili fanidan tutilgan aylanma va nazorat ishi daftarlarining yuritilishi o’rganildi.
Mart oyida
-3-chorak yakuni bo’yicha tahlil bo’lib, 4-chorakdagi vazifalar belgilandi.
-ingliz tili fanidan tashkil etilgan fan to’garaklariga o’quvchilarning jalb etilganligi va to’garaklarning yuritilish ahvoli tekshirildi.
-2-3-4-sinflarda o’tiladigan fan to’garaklarining faoliyati tahlil qilindi.
Aprel oyida.
-Aprel oyida barcha ingliz tili fani o’qituvchilari attestatsiya imtihonidan o’tishdi va malaka toifasiga ega bo’lishdi. Shuningdek Shirinova M. Aptis For Teachers imtixonidan C1 daragasini oldi.
-9-aprel kuni 4-sinflar o’rtasida “The best handwriter”,5,6-sinflar o’rtasida “Young translators”nomli tanlovlar bo’lib o’tdi va g’olib o’quvchilar taqdirlandi.
-yakuniy attestatsiya va sinfdan-sinfga ko’chirish bosqichli nazorat imtihon sinovlari materiallari o’rganib chiqilib, o’quvchilar bilan imtihonlarga tayyorgarlik ko’rildi.
-o’qituvchilar attestatsiya akregitatsiya jarayonidan o’tishdi. Ular o’zlarida aniqlangan yutuq va kamchiliklardan xulosa chiqarishdi.
Ingliz tili metod birlashmasi o’qituvchilari may oyidan iyun oyigacha 9-11-sinflarda yakuniy imtixonlarni o’tkazib, o’quvchilarning ingliz tilini qay darajada o’zlashtirganliklarini bilib olishdi.
O’quv yilini yakunlar ekanmiz bizning uslub birlashmamizning har bir a’zosi keyingi o’quv yili uchun ta’limni rivojlantirish yo’lida o’z oldilariga yuksak rejalarni qo’yishdi.