2008 yilda Gruziya va Rossiya o'rtasidagi mojaroda turli xil dezinformatsiya holatlari kuzatilgan:
2008 yilda Gruziya va Rossiya o'rtasidagi mojaroda turli xil dezinformatsiya holatlari kuzatilgan:
Gruziyaning sulh haqidagi blefi: 2008 yil avgust oyi boshida Gruziya bir tomonlama sulh e'lon qilgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Biroq, bu bayonotlarga qaramay, harbiy harakatlarni davom ettirdi.
Rossiyaning gumanitar maqsadlardagi da'volari(manipulyatsiya): Rossiya mintaqaga aralashish Janubiy Osetiyada joylashgan Rossiya fuqarolari va sub'ektlarini himoya qilish uchun zarur ekanligini ta'kidladi. Biroq, ko'plab tanqidchilar buni harbiy aralashuvni oqlash uchun bahona deb bilishdi.
Rossiyaning hududga o’z qo’shinlarini kiritishini e’lon qilishi: Bu Rossiya tarafdan Gruziyani sarosimaga solish uchun ishlatilgan yurish bo’ldi. Natijada Gruziya birinchi bo’lib o’t ochishga majbur bo’ldi va bu media urushida Rossiyaga qurol vazifasini bajardi.
Yakuniy bosqich:
Urush natijasi: Gruziya boshqaruvidagi hududlarini yo’qotadi va Rossiya harbiy g’alabaga erishadi. Janubiy Osetiya va Abxaziya hududlari Rossiya tarafidan mustaqilligi tan olindi.
Yo’qotishlar: Gruziya tarafdan 412 nafar inson halok bo’lgan, 1747 nafar jarohatlangan, 24 nafar daraksiz yo’qolgan.
Rossiya tarafdan 64-74 nafar halok bo’lganlar, 340 jarohatlanganlar, Janubiy Osetiyada 162 nafar tinch aholi 72 nafar harbiy halok bo’ladi.
Harbiy yo’qotishlar: Rossiya tarafi 3 ta Tu-22M3 va 3 ta Su-25 rusumli harbiy samalyot, 3 ta T-72 rusumli tanklar, Janubiy Osetiya tarafidan 2 ta BMP-2 va 1 ta T-55 tanki. Gruziya tarafidan: 3 ta vertolyot( 2 ta MI-24 va 1 ta MI-14), 12 ta tank, dengiz flotida 2 ta harbiy kema.
Konfliktli vaziyatni O’yinlar nazariyasi doirasida ma’lum o’yin sifatida tahlil qilish mavjud vaziyatning barcha jihatlari va real qiyofasini shakllantirmasligi mumkin, lekin bu orqali ushbu vaziyatda ishtirokchilarning qabul qilgan qarorlari va natijalari, nega aynan qaysidir o’zi uchun optimal bo’lgan qarorni qabul qilganini tahlil qilish orqali o’shanda bo’lishi mumkin boshqacha voqealar rivojini ham hosil qilish mumkin.