Aviatsiya injiniringi


Ishlamay qolishlikning turlari



Yüklə 24,37 Kb.
səhifə2/3
tarix27.04.2023
ölçüsü24,37 Kb.
#103547
1   2   3
2 mavzu ......

Ishlamay qolishlikning turlari
Ishlamay qolishlikning sababi: UA ni yaratilayotganda, ishlab chiqarishda va ta’mirlashdagi xatolar; ekspluatatsiya me’yorlari va qoidalarning buzilishi; islidan chiqishi va eskirishning tabiiy jarayonidan iborat. [shlamay qolishliklar holatiga qarab ikki xil, ya’ni to‘satdan va asta-sekin turlariga bodinadi. To‘satdan ishlamay qolishlik — bu obyektning asosiy parametri ko‘rsatkichining to‘satdan o‘zgarib, joizlik chegarasidan chiqishi. Bunday ishlamay qolishliklar, asosan, mexanik shikastlanishlardan paydo bo‘ladi (sinishlar, yoriqlar, yirtilishlar va boshqalar). Asta-sekin ishlamay qolish — bu obyektning asosiy parametri ko‘rsatkichini asta-sekin o‘zgarib, joizlik chegarasidan chiqishi. bunday ishlamay qolishlar quyidagi jarayonlarga bog‘liq: yeyilishi, eskirish, materialning, siljuvchanligi va hokazolar. Ishlamay qolishliklarni paydo bodishi konstruksion, ishlab chiqaruv va ekspluatatsion sabablarga bo'linadi. AT ni shikastlanishi va ishlamay qolish mexanizmining paydo bodish sabablari: charchash holati, yoriqlar, deformatsiyalar, ekspluatatsion yuklamalar orqali bodadi; qo‘zg‘aluvchi birikmalarning ishi, rezbali birikmalar va parchinlangan choklarni bo'shab qolishi, ishqalanib yemirilganlik va qurilma elementlaming turli mexanikaviy yemirilishlari; yuklanishning yagona harakati bilan vujudga kelgan, parvozning asosiy shartlarini hisobli va bogdangan holda ortishi (kuchli silkinish, momoqaldiroq, chaqmoq va UA ni boshqarishda qoidalarni buzishi (qo‘pol qo'nish, katta tezlikda yerga qo'nish, mini noto'g'ri burish va hokazo) evaziga hosil bodgan deformatsiyalar; UA ning tizimlarida, agregatlari va uzellarida foydalaniladigan maxsus suyuqliklar va moylar xususiyatining yo‘qolishi; bo‘yoq bilan bo'yalgan va himoyalovchi qoplamalarning buzilishi; UA qurilma elementlarining chirishi; TXK hamda yuk ortish va tushirish ishlarini bajarganda ehtiyotsizlik orqali mexanik shikastlar (deformatsiya, teshiklar, qirilishlar va boshqalar) bodadi. Ishlamay qolishlik va nosozlik paydo bodishini bartaraf etish maqsadida ularning sababini tahlil qilishda, profilaktik tadbir odkazishning quyidagi omillar bo‘yicha turlajga bodinishi muhim ahamiyatga ega: UA ga -yerda TXK da, parvozda, AT ni sinash davrida aniqlanish vaqti bo'yicha: oqibatlar bo‘yicha (oqibatsiz, reys ushlanib qolinishi, parvoz davrida maxsus vaziyatni yuzaga keltirish yoki aviatsion hodisani yuzaga keltiruvchi shartsharoitlarni yaratish va boshqalar); sabablar bo'yicha (konstruksion ishlab chiqarish kamchiliklari, uchuvchilar tarkibi va muhandistexniklarning xatolari, tashqi va tasodifïy sabablar); tuzatish usullari bo'yicha (tezkor va davriy TXK va T paytida). UA tizimi murakkabligi sababli ekspluatatsiya jarayonida biron bir qurilmaning ishlamay qolishi, u kiradigan tizinini butunlay nosozlikka olib kelmaydi. AT ning ishlamay qolishlik oqibatlarini quyidagilarga ajratish mumkin: fojeali ishlamay qolishlik, bu, odatda, aviatsion hodisa bilan tugaydi (havoda samolyot qurilmasining buzilishi, ishlamay qolishi — bular oqibati portlashga olib keladi va hokazo). Kritik ishlamay qolishlik xavflidir va u aviatsion hodisaga olib kelishi mumkin. Parvoz davrida bunday ishlamay qolishlikni qaytarish vaqtning tanqisligi va yuqori emotsional — sharoitlarida murakkab operatsiyani bajarish bilan bogdiqdir. Bunga dvigatelning boshqaruv tizimi va boshqa muhim agregatlarini, UA tizimlarini ishlamay qolishini kiritish mumkin; chegaraviy ishlamay qolishlik - parvozning buzilishiga olib kelishi agregat yoki UA tizimi ishlashining yomonlashishidir. Bunday ishlamay qolishliklarni ekipaj osonlikcha bartaraf etadi; xavfsiz ishlamay qolishlar — xavfli holatlarga olib kelmaydi, lekin uchish davrida biroz qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Samolyotni turli tizimlarning yoki uning alohida elementlarining ishonchlilik darajasi talablari ishlamay qolish ehtimoli bir soatda 10'7... 10"9 dan, gidravlik tizimida 10'7... 10-8, konditsionerlash tizimi esa 10' 5... 10'6 oshmasligi kerak.


Yüklə 24,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin