Ichki suvlari. Materikning katta qismi quruq tropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 %i Tinch okean va 33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq o‘zanlari kriklar deb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyonda yog‘adigan yomg‘irlardan keyin paydo bo‘ladi va tez orada qurib qoladi. Yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadigan daryolar Avstraliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg‘irdan va yerosti suvlaridan to‘yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo tizimi — Murrey va uning yirik irmog‘i Darlingdan iborat. Avstraliyada kichik oqmas ko‘llar ko‘p. Ular juda sho‘rlangan. Ko‘llar ichida eng yirigi Eyr-Nord ko‘li, uning maydoni suv bilan to‘lgan paytda 15 ming kv km ga yetadi. Eyr-Nord okean sathidan 16 m pastda joylashgan. Tabiat zonalari. Avstraliya maydoniga ko‘ra qiyoslansa, cho‘l zonasi egallagan hududlar bo‘yicha birinchi, o‘rmonlar maydoniga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat zonalari tarkib topgan. Fasliy nam doimiy yashil o‘rmonlar materikning shimoli-sharqiy sohillarini egallaydi. Daraxtlardan palma, lavr, daraxtsimon paporotniklar, evkaliрtlar ko‘p uchraydi. Tropik o‘rmonlarda xaltali ayiq — koala, lirodum, kenguru, xaltali iblis, o‘rdakburun, yexidna, rang-barang to‘tilar, qushlar yashaydi. Savannalar materikning shimoliy, sharqiy qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Savannalarda siyrak o‘rmonlar (evkaliрt, akatsiya, kazuara, butilkasimon daraxtlar), o‘t hamda buta o‘simliklar mavjud. Bu zonada kenguru, vombatlar (xaltali kemiruvchilar), xaltali chumolixo‘r, suv havzalarida qushlar ko‘p.Cho‘l zonasi materikning ichki qismida katta hududlarni egallaydi. Bu zonada efemer o‘simliklar bilan birga doimiy yashil butazorlar (asosan, evkaliрt, akatsiyadan iborat) o‘tib bo‘lmas changalzorlarni — skreblarni hosil qiladi. Bu zonada gigant kengurular, vombatlar, yexidna, dingo iti, emu tuyaqushi, zaharli ilonlar, mali — inkubator tovug‘i va kemiruvchilar yashaydi.
Eng janubdagi subtropik iqlim mintaqasidagi tabiat zonalari hududiy xususiyatga ega. Materikning g‘arbiy qismida qattiq bargli o‘rmonlar va butalar (asosan, evkaliрtlar), janubi-sharqida evkaliрt o‘rmonlari, undan janubda doimiy yashil dub (eman)lar o‘sadi. Avstraliya Alp tog‘larida balandlik mintaqalari mavjud. Tasmaniya aralash o‘rmonlar bilan qoplangan.
vstraliya ajoyib quyoshli jannat hisoblanadi, chunki deyarli butun hududi yil davomida quyoshli kunlardan bahramand bo'ladi. Biz dunyodagi eng yaxshi plyajlari bo'lgan mamlakat haqida gapiramiz. The Avstraliya iqlimi Bu chet elda o'qish yoki ishlash uchun ko'chib o'tmoqchi bo'lganlar uchun muhim.
S huning uchun, biz ushbu maqolani sizga Avstraliyaning iqlimi va uning turli qismlari haqida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsani aytib berishga bag'ishlamoqchimiz.