Avstraliyaning tabiiy, iqlim, iqlim mintaqalri va tabiat zonalari kartalarini tahlil qilish



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə4/10
tarix27.12.2023
ölçüsü85,54 Kb.
#199649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AVSTRALIYA IQLIMI, IQLIM MINTAQASI, TABIAT ZONALARI

Iqlim xususiyatlari. Avstraliyaning geografik o‘rni, havo massalari, okean oqimlari, relyefi materik iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirgan. Shunga ko‘ra, Avstraliya Yerimizdagi eng qurg‘oqchil materik hisoblanadi. Uning hududida Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog‘in yog‘adi. Bu yerda quruq tropik iqlim tiрi hukmronlik qiladi. Shuning uchun materikning markaziy va g‘arbiy qismlarida yog‘ingarchilik juda kam bo‘ladi. Okeandan esadigan janubi-sharqiy passatlar Katta Suvayirg‘ich tizmasining sharqiy yonbag‘irlariga yog‘in keltiradi.
Iqlim mintaqalari. Avstraliya materigida to‘rtta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning 20° j.k.gacha bo‘lgan hududlarini egallaydi. Yozda (dekabr-fevral) ekvatorial havo massalari ko‘p yog‘in keltiradi (800-2000 mm). Qishda (iyun-avgust) esa tropik havo massalari hukmronlik qiladi va havo quruq bo‘lib, yog‘in kam yog‘adi. Bu mintaqada o‘rtacha havo harorati yozda +24 °C, qishda esa 16-24 °C ni tashkil etadi. Tropik iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi. Oldingi mintaqa singari ko‘p quyosh radiatsiyasini oladi. Ikkita iqlim tiрi shakllangan. 
1. Quruq tropik iqlim tiрi, tekislikni egallaydi, yog‘in kam (100-500 mm), yillik havo harorati 30-32 °C. 
2. Nam tropik iqlim mintaqasi, Tinch okean sohilida tarkib topgan, yog‘in ko‘p (2 000 mm gacha), yillik harorati 16°C. Subtropik iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini va Tasmaniya orolining shimoliy sohil bo‘ylarini qamrab oladi. Bu mintaqada uchta iqlim tiрi hosil bo‘lgan. G‘arbdan sharqqa tomon dastlab O‘rta dengiz subtropik iqlim tiрi (yog‘in 300-1000 mm), so‘ngra kontinental (yog‘in 100-500 mm) va janubi-sharqiy qismida nam subtropik iqlim tiрlari (yog‘in 2000-3000 mm) mavjud. Tasmaniya oroli g‘arbiy shamollar ta’sirida bo‘lib, mo‘tadil iqlim mintaqasi asosiy qismini egallaydi (yog‘in 500-2000 mm, harorat qishda +8 °C, yozda +16°C).
Avstraliya qitʼasi janubiy yarimsharning uch asosiy issiq iqlim mintaqalarida joylashgan: subekvatorial iqlim (shimolda), tropik iqlim (markaziy qismida), subtropik iqlim (janubda). Faqatgina Tasmaniya orolining bir qismi moʻtadil iqlim mintaqasida joylashgan.

Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin