18-MА’RUZA: Okean va suv oqimlari energiyasi.
REJА:
18.1. Dengiz va okeanlar
energiyasi
18.2. Tо‘lqinlar energiyasi
18.3. Suvning qalqib kо‘tarilish energiyasi
18.4. Dengiz oqimlarning energiyasi
18.5. Okeanning issiqlik energiyasi
18.1. Dengiz va okeanlar energiyasi
Dunyo okeanga kelib tushadigan energiyaning asosiy ulushi – uning quyosh nurlanishni yutish
natijasidir.
Bundan tashqari, kosmik jismlar bilan planetaning suv massasi gravitatsiyali о‘zaro ta’siri,
suvning qalqib kо‘tarilishi, planeta chuqurligidan chiqadigan issiqlik hisobidan okeanga energiya о‘tadi.
Planetaning butun yuzasidan dunyo okeanning yuzasi 70%-ga yaqin bо‘lib, 360 mln km
2
-ni
tashqil
etadi. Bu yuzaning katta qismi muzdan doimo ozod va quyosh nurlanishni samarali yutib turadi.
Birinchi metr suvning qalinligida okean suvda quyosh nurlanishdan taxminan 65% yutiladi va 90%-
gacha - un metrli qatlamda yutiladi. Quyi kengliklarda kunduz vaqtida, issiqlik о‘tkazuvchanligi, hamda
turbulent aralashish jarayonlar hisobidan, suv taxminan 10 m-gacha va bundan qо‘p chuqurligida
qizdiriladi (quruqlikda qattiq yuzalarda chuqurligi 0,5 m-dan oshmasdan qizdiriladi).
Okeanda tо‘plangan energiyaning bir qismi uzun tо‘lqinli nurlanishlar kо‘rinishda teskari nurlanib
qaytariladi, chegara qatlamning issiqlik о‘tkazuvchanligi orqali va bug‘lanish
tufayli qisman
atmosferaga о‘tadi.
Umumiy quyosh nurlanishdan taxminan 2/3 qismi okeanda va quruqlik yuzalarda turli xil
о‘zgarishlarga uchraydi: 43%
issiqliqka aylanadi; 22% bug‘lanishga va yog‘inlarni hosil qilishga
sarflanadi; daryo, shamol, tо‘lqin, okeandagi turli xil oqimlar harakatiga 0,2% energiya uzatiladi. Qabul
qilingan umumiy energiyadan taxminan 0,02% fotosintez maxsulotni va qisman qazilma yonilg‘ilarni
hosil qilishga sarflanadi.