Ushbu siklda ishchi jism sifatida okean suv foydalaniladi. Okean suv (issiq)
yuqori qatlalardan
nasos 1 bilan deaerator 2-ga uzatiladi. Deaeratorda suvda qorishgan gazlar ajratiladi. Oldin
bug‘latirigich 4 va kondensator 6-lardagi bushliklardan havo chiqariladi, shuning uchun suyuqlik
ustidagi bosim faqat tо‘yigan bug‘lar bosimi bilan aniqlanadi, u esa temperaturaga bog‘liq.
OTESdagi
tavsifli temperaturalarda ushbu bosimlar farqi taximnan 1,6 kPa tashkil etadi (ammiakdagi berk siklada
500 kPa-ga yaqin). Ushbu bosimlar farqi ta’sirida suv bug‘lari turbinani harakatga keltiradi. Turbinadan
keyin bug‘ kondensatorda suvga aylanadi.
Ochiq Klod sikli bо‘yicha
ishlaydigan OTES qurilmaning muhim qamchiligi kichik bosimlar
farqidir, bu esa bir necha о‘nlab metr diametrli turbinalarni talab etadi. Asosiy afzalligi esa –
notexnologik yirik issiqlik almashtirigichlarning yо‘qligidir. Bundan tashqari, ochiq siklli tizim
ishlaganda kо‘p miqdorda chuchuk suv olish mumkin, bu esa chuchuk
suvning tanqisligida muhim
ahamiyatga ega.
Qurilma ochiq dengizda massivli suzuvchi platformalarda о‘rnatiladi. Platformalar neytral
suzuvchanlikga ega va langarlar bilan biriktiriladi.
Hozirgi vaqtda
OTES qurilmalar AQSH, Yaponiya, Hindiston, Gavaylarda ishlamoqda.
Taxmin qilinishicha, ochiq sikldagi
OTESlarni sanoat о‘zlashtirish
Tinch oken orollardan
boshlanadi. Bu narsa neft narxiga, chuchuk suvning tanqisligiga va sof energetik texnologiyalarni
rivojlantirishga yо‘naltirilgan amalga oshiriladigan sotsial dasturlarga bog‘liq.
OTESni amalda tadbiq etish misoli sifatida elektr quvvati 400 MVt bо‘lgan amerikani
Lockheed
Martin firmasining loyihasini keltirish mumkin (18.20-rasm).
18.20. Rasm Elektr quvvati 400 MVt-li
Lockheed Martin firmasining
loyihasi bо‘yicha
OTES platformasi
1-platforma; 2-quvurli о‘tkazgich; 3-trapetsiya; 4-tros; 5-langar
Keng masshtabli dengiz va okean issiqlik sanoat energetikaning rivojlanishiga qator afzalliklar
ta’sir etadi:
1
2
3
4
5
200 м
500 м
1)
OTESlar toza, cheksiz, qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanadi.
2)
OTESlar atrof muhitga salbiy ta’sir etmaydi. Dengizlarning yuqori
issiq va huqurligdagi sovuq
suvlarning issiqlik, elektr energiyani ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan an’anaviy qazilma
yoqilg‘ilarning о‘rinni bosadi.
3)
OTESlar elektr energiya bilan birga chuchuk suvni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, oroolarda
chuchuk suvlarning tanqisligi sababdan, u yerda yashaydigan aholi uchun muhim axamiyatiga ega.
4) Okeanning yuqori qatlamlarga tushadigan quyosh energiyaning miqdori kelgusida insoniyatni
toza energiya bilan ta’minlash uchun yetarlidir.
5) Okean energiyadan foydalanish oqibatda import qilinadigan an’anaviy yoqilg‘i
turlaridan
mustaqilligini oshiradi, ya’ni energetik xavfsizligini ta’minlanadi.
6)
OTESlardan sovuq suvni binolarni sovutish va mutadilash uchun; qishloq xо‘jalikda; baliq,
mollyusk va suv о‘simlaiklarni yetishtirish uchun foydalanish mumkin.
7) Katta energiya sig‘imli vodorod, metan va ammiak gazlarni ishlab chiqarishda
OTESlardan
foydalanish mumkin.
Lekin, shu bilan birga, yengishni talab etiladigan, kamchiliklar ham mavjud:
1)
OTESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning narxi an’anaviy naxidan yuqori.
2)
OTES normal ishlash uchun qator tabiiy shartlarga rioya qilish zarur – yuqori issiq qatlamlar va
chuqurlikdagi sovuq qatlamlar orasidagi temperaturalar farqi 20
o
S bо‘lish zarur. Shu bilan birga,
sirtidan to zarur bо‘lgan temperaturali qatlamgacha chuqurligi 1
km-dan oshmasa, iqtisodiy
samaradorligi ta’minlanadi.
3) Okean stansiyalarning konsturkqiyalar va suv ostida о‘tkazilgan quvurlar yomon ob-havo
sharoitlar, qirg‘okka uriladigan tо‘lqinlar, chо‘girtoshlar ta’siridan buzilishlarga olib kelish mumkin.
4) Uskuna va quvur о‘tkazgichlarni korroziya va bioо‘simliklar bosib ketishidan saqlab qoluvchi
samarali va tejamli usullar mavjut emas.
5) Ishchi suyuqlik harakatlanadigan konturda oqib chiqib ketishlar bо‘lsa, dengiz flora va faunaga
zarar keltirish mumkin.
6) Texnologiyalar yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ushbu issiqlik energetika tarmoqning
kelgusida rivojlanish va iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun barcha joylarda tarjriba va namunaviy
qurilmalarni
tadqiq qilish, testlash ishlarni olib borish zarur, bu esa katta investitsiyalarni talab qiladi.
Nazorat savollari:
1. Dengiz va okeanlar energiyasidan foydalanish usullarini tushuntiring?
2. Tо‘lqinlar energiyasidan qankday foydalaniladi?
3. Suvning qalqib kо‘tarilish energiyasi qanday hosil bo’ladi?
4. Dengiz oqimlarning energiyasidan qanday foydalaniladi?
5. Okeanning issiqlik energiyasidan foydalanish usullarini tushuntiring?