18-mа’ruza: Okean va suv oqimlari energiyasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix06.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#108542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
18-mа’ruza Okean va suv oqimlari energiyasi

18.2. Tо‘lqinlar energiyasi 
Dengiz tо‘lqin va oqimlar katta yirik energiya zahiralarga ega. Dunyo okeanning shamol 
tо‘lqinlarning quvvati taxminan 10000...90000 GVt bilan baholanadi, lekin bundan real foydalanish 
mumkin bо‘lgan quvvat ancha past bо‘ladi, ya’ni jami bо‘lib 2700 GVt. Hozirgi erishgan texnikaviy 
darajasi faqat qirgoqlarga yaqin mintaqalarda tо‘lqin energiyadan foydalanish imkoniyatini beradi, 
buning energiyasi esa 80 kVt/m-dan kо‘prok tashkil etadi. Tо‘lqin energiyasining solishtirma zichligi 
(yuza birligiga tо‘g‘ri keladigan quvvat) taxminan shamol energiya zichligidan 10 marta katta va quyosh 
energiyasi zichligidan ham ancha katta. 
Dengiz tо‘lqinlanishning muhim xususiyati: vaqt bо‘yicha uning notekis о‘zgaruvchanligi, 
maksimal kattaligi о‘rtacha kattaliklardan 5…11 marta katta bо‘ladi. Qirg‘oklardan ancha о‘zoqlashgan 
chuqurliklarda hosil bо‘ladigan tо‘lqinlarning solishtirma quvvati qirg‘oq bо‘yidagi bо‘lgan 
mintaqalarga qaraganda bir tartibga qatta bо‘ladi. Tо‘lqin energiyani elektr energiyaga о‘zgartirish 
jarayoni tabiyatga salbiy ta’sir bilan bog‘liq emas.


Suyuqlikning tо‘lqinli harakatida bir vaqtda tо‘lqin sathning vaziyati va qiyaligi о‘zgarishi bilan 
kinetik va potensial energiyasi о‘zgaradi, suv ostida bosim ham о‘zgaradi. Tо‘lqin harakatining bronta 
tavsifli alomati yoki ularning uyg‘unlashgani asosida foydalanib, tо‘lqinlarning kinetik va potensial 
energiyani yutuvchi va о‘zgatiruvchi, juda kо‘p turli xil qurilmalar yaratilgan. Bunday bir nechta 
о‘zgartirgichlarni birlashtirilgan umumiy majmuasi tо‘lqin elektr stansiyani tashkil etadi. Kо‘proq 
kichik quvvatli
(1 MVt), о‘lchamlar 50 m-ga yaqin tо‘lqin о‘qi bо‘ylab modullar foydalaniladi.
Tо‘lqin profillini taqrorlovchi qurilma. 
Stefan Solter “Edinburg о‘rdak” nomli qurilmani ishlab chiqdi (18.1-rasm). 
18.1-Rasm Solter о‘rdakning ishlash pritsipi
Uning tuzilishi maksimal quvvatini о‘zlashtirishni ta’minlaydi. Chap tomondan keladigan 
tо‘lqinlar о‘rdakni tebranma harakatga keltiradi. О‘rdakning о‘ng tomondagi silindrik shakli о‘q atrofida 
aylanganda tо‘lqinlarning о‘ng tomonga о‘tishga yо‘l qо‘yimadi, ya’ni tinchlatadi. Tebranuvchi 
tizimning о‘qidan quvvat olinib, qaytgan energiyaning minimumi ta’minlanadi. Tо‘lqin energiyaning 
faqat oz qismini (5%) qaytarib va о‘tkazib, Solter о‘rdak, qо‘zg‘atiladigan tebranishlar chastotalarning 
keng diapazonida, yuqori о‘zgartirish samaradorligiga ega (FIKti 55-dan to 85%-gacha).
О‘rdakning real о‘lchamlar (d-diametr, l-uzunligi) tо‘lqinning tavsifli uzunligi λ bilan aniqlanadi: 
d≈l≈0,1λ. Atlantik tо‘lqinlar uchun λ≈100 m, shuning uchun d≈l≈10 m. Umumiy о‘q bilan 
birlashtirilgan, bir necha kilometr uzunligida qator о‘rdaklar tо‘lqinlar eng intensiv bо‘lgan 
mintaqalarga о‘rnatiladi. Bunday о‘rdaklar qatori 20 m-dan kо‘p chuqurlikda mahkamlangan 
langarlarga bog‘langan pontonlar yordamida ushlab turiladi. Tо‘lqinlar ta’sirida о‘rdaklar markaziy 
о‘qlar atrofida tebranma harakat qiladi. Mexanik, gidravlik va elektr qurilmalar orqali nisbiy tebranma 
harakatlar elektr energiyaga о‘zgartiriladi. 
Solter qurilmaning asosiy kamchiliklar quyidagilardan iborat: 
- tо‘lqinlarning (balandligi, chastotasi va yо‘nalishi) doim о‘zgaradigan parametrlarga о‘rdaklarning 
harakatini moslashtrish;
- katta uzun qurilmadan elektr energiyani olish va uni dengizning ochiq sharoitida iste’molchiga 
uzatish; 
- elektr generator qurilmaga dengiz shо‘r suvning ta’siri;
- ekstremal va shtorm sharoitlarda qurilmaning turg‘unligini ta’minlash. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin