Avtomatik boshqarish tizimlarini


Texnologik obyektni boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/37
tarix08.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#61001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Avtomatik boshqarish tizimlarini

Texnologik obyektni boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari.


Reja



  1. Texnologik obyektni boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari.

  2. Sanoat korxonalarida qо‘llaniladigan avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining turlari.

  3. Korxonalarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari.

  4. Zamonaviy texnologik obyektlar va ulardagi texnologik jarayonlarni boshqarishni xususiyatlari.

  5. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari (TJABS). Ularni qо‘llanilishi, maqsadi, funksiyalari va turlari.

  6. Zamonaviy boshqarish sistemalarining turlari, xususiyatlari va ularni qurishni asosiy tamoyillari.

  7. Sanoat korxonalarida qо‘llaniladigan avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining turlari. Korxonalarni avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari.

Avtomatik boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qanday avtomatik boshqarish sistemasi ikkita asosiy qismdan iborat bo‘lib, ular boshqarish obyekti (BO) va boshqarish qurilmasi (BQ) deyiladi (1.5 - rasm). Boshqarish obyektining holati boshqariladigan kattalik yoki sistemaning chiqish kattaligi Y bilan xarakterlanadi. Boshqamvchi qurilma kirishiga Uq ta'sir qo'yiladi va berilgan ta’sir deyiladi. Ushbu ta'sir chiqish kattaligining talab etilgan qiymati va boshqarish bo‘yicha ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqqan holda o‘zgaradi. Buning natijasida BQ chiqishida boshqaruvchi ta’sir X paydo bo‘ladi va BO kirishiga beriladi va shu tariqa boshqarish jarayoni amalga oshiriladi.





1.5-rasm.
Boshqarish qurilmasi uchta asosiy qismdan iborat bo‘lib, bular sezgirlik qurilmasi, hisoblash qurilmasi va ijro qurilmalaridir [2]. Sezgirlik qurilmalari sistemaga beriladigan ta'sirlami o‘lchash uchun xizmat qiladi. Hisoblash qurilmasi sezgirlik qurilmasidan olingan axborotlami qayta ishlash asosida boshqarish qurilmasining ishlash algoritmini ishlab chiqadi. Murakkab sistemalarda hisoblash qurilmasi sifatida maxsus kompyuterlar ishlatiladi. Ijro qurilmasi esa hisoblash qurilmasi tomonidan beriladigan signalga mos ravishda boshqarish obyektiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'simi amalga oshiradi, ya’ni uning holatini o‘zgartiradi. Boshqaruv sistemalari ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq sistemalarda boshqaruvchi ta’sir boshqariladigan kattalik qiymatini hisobga olmasdan faqatgina boshqarish maqsadi, obyekt tavsiflari va ma’lum bo‘lgan tashqi ta’sirlami bilish asosida beriladi. Ochiq sistemalarda boshqarish qurilmasi faqat berilgan ta'simi, toydimvchi ta'simi hamda ikkala signalni bir vaqtning o'zida o'lchashi mumkin. Boshqacha aytganda, ochiq sistemalarda boshqariladigan kattalik (chiqish kattaligi) Y va BQ orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. 1.5-rasmda ko‘rsatilgan sxema ochiq avtomatik boshqarish sistemasiga misol bo‘ladi. Yopiq sistemalarda esa boshqamvchi ta'sir signali boshqariladigan kattalik o'zgarishiga bog'liq ravishda shakllantiriladi. Bunday sistemalarda chiqish kattaligi bo‘yicha ma'lumot doimiy ravishda boshqarish qurilmasiga uzatiladi va bu teskari bog'lanish orqali amalga oshiriladi.
Umumiy tarzda avtomatik boshqarish sistemalari quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
1) Ochiq sistemalar (qattiq boshqarish prinsipi);
2) Toydiruvchi ta’simi kompensatsiyalash prinsipi;
3) Og‘ish prinsipi (yopiq sistemalar);
4) Kombinatsiyalashgan boshqarish sistemalari.

Ochiq sistemalar Birinchi tipdagi ochiq sistemaga misol tariqasida o'zgarmas tok generatori kuchlanishini dasturli boshqarish sistemasini ko‘rsatish mumkin (1.6 — rasm).






Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin