Magnit maydon hosil bo‘lib, u yoy toki bilan o‘zaro ta’sirlashadi va yoy so‘ndiruvchi kamera ichida yoyni 30 m/s tezlikda harakatlantiradi. Kamera yoyga chidamli yuqori issiqlik o‘tkazuvchan keramikadan tayyorlangan. Yuqoriga harakatlanganda yoy cho‘zilib, kameraning aylanma (labirint) tirqishlariga tushadi. Kameraning devorlariga tegib yoy soviydi va 0,01-0,02 s dan so‘ng so‘nadi.

Portlash va yong‘inga to‘la xavfsiz; yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning eyilishi kichik; tez takrorlanadigan ulash va uzish sharoitida ishlash uchun yaroqli (tok yuklamasini ko‘p marta uzishga sinash shuni ko‘rsatadiki, 100 A tokni 1000 marta uzgandan so‘ng yoy so‘ndiruvchi kamera va kontaktlarga deyarli yoyilish izlari sezilmaydi va reviziya hamda remont qilishni talab etmaydi); nisbatan yuqori uzish qobiliyatiga ega.
Magnitli puflash tizimi bo‘lgan yoy so‘ndirgich konstruksiyasining murakkabligi; nominal kuchlanishning yuqoriligi chegarasining cheklanganligi (15-20 kV dan ortiq emas); tashqi qurilmalar uchun qo‘llanilishi cheklangan.
Vakuumli Uzgichlar.
Vakuumli Uzgichlar.
Ma’lumki, vakuum oraliqning elektr mustahkamligi atmosfera bosimidagi havo oralag‘iga nisbatan bir necha marta katta. Bu xususiyatdan vakuum yoy so‘ndiruvchi kameralar KDV da (51-rasm) foydalaniladi. Kontaktlar bir-biridan ajraganda ularning kontakt yuzalari tez kamayadi, shuning uchun tegib turgan nuqtada undan o‘tayotgan tok hisobiga harorat keskin ko‘tarilib, erigan metalldan ko‘prikcha hosil bo‘ladi. Bu ko‘prikcha juda qisqa vaqt ichida qiziydi va bug‘lanadi. Metall bug‘lari muhitida yoy yonadi. Kuchli vakuum ostida zaryadlangan zarrachalar atrofdagi bo‘shliqqa tez diffuziyalanadi.