Avtomatika va elektrotexnika



Yüklə 45,29 Kb.
tarix07.06.2020
ölçüsü45,29 Kb.
#31821
Milliy g'oya mustaqil ish Dadajonova

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim vazirligi

Andijon Mashinasozlik Instituti

“Avtomatika va elektrotexnika”fakulteti

TJICHAB yo’nalishi 3-kurs 264-guruh talabasi

Dadajonova Nozimaxonning

Milliy g’oya fanidan



Mavzu: “Fikr”, “g’oya”, “gipoteza” va “ijimioy bashorat” tushunchalari.
Bajardi:Dadajonova N

Tekshirdi:

Andijon – 2020



Mavzu: “Fikr”, “g’oya”, “gipoteza” va “ijimioy bashorat” tushunchalari.

Reja:

1.Kirish.

2.G’oyalar xilma-xilligi tushunchasi, ma’no-mazmuni.

3.Mafkuraviy kurashlar. “Fikrga karshi fikr, g’oyaga karshi g’oya, jaholatga karshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov). Korruptsiya - mazmuni va mohiyati.

4. “Gipoteza” va “ijtimoiy bashorat” tushunchalari

5. Xulosa

6. Foydalanilgan adabiyotlar, internet resurslari va ilovalar

Kirish.

Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlar tashkil etadi.



Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.

Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq ishiga kamarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor berishimiz kerak:



- yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

  • Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish;

  • yoshlarni ongli yashashga, o‘z aqli, fikriga, ezgu insoniy mafkuraga, aniq milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish;

  • globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;

  • axborot xurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini kuchaytirish;

  • mafkuraviy profilaktika orqali sog'lom e'tiqodni shakllantirish;

  • yoshlarda Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish;

  • mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llari, usullari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalarga e'tibor qaratishimiz zarur.

Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy maqsadi yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g’oyaviy kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Fanning vazifalari-talabalarga:

-milliy g‘oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari va uning nazariy konseptual asoslari;

-milliy mafkurada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi, g‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri;

-O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi-milliy taraqqiyotning g‘oyaviy asosi ekanligi;

-globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar;

  • milliy g‘oyaga daxldorlik hissi - barqaror taraqqiyot omili ekanligi;

-milliy g‘oya targ'ibotida innovasion texnologiyalardan foydalanish haqida ilmiy nazariy bilim berishdan iborat.

Strategiya – rejalashtirilgan, uzoq muddatga mo‘ljallangan yo‘l hisoblanadi. Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi

2. G’oyalar xilma-xilligi tushunchasi, ma’no-mazmuni.

"G‘oya" aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida - maqsad, intilish, niyat, qasd deganma’nolarni anglatsada, kishilarning kundalik ilmiy va amaliy faoliyatida esa birinchidan, obyektiv borliqni, voqelikni kishi ongida aks ettiruvchi, ayni zamonda kishining obyektiv borliqqa, voqelikka munosabatini ifodalovchi, kishilarning dunyoqarashlari asosini tashkil etuvchi, odamlarni maqsad sari yetaklovchi fikr, tushuncha, tasavvur; ikkinchidan, badiiy, siyosiy yoki ilmiy asarning mazmuni, tub mohiyatini belgilovchi asosiy fikr; uchinchidan, biror ish- harakat qilish haqidagi fikr, o‘y, niyat, maqsad degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Biroq, g‘oyani bunday kundalik sodda, oddiy tarzda tushunish uning tub moxiyatini ochib berolmaydi. Shuning uchun ham g‘oya nima, u qanday paydo bo‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi, degan savollarga javob topish masalasi azaldan barcha aqli raso odamlarni qiziqtirib kelgan va u bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda.

Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr - o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.

Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi. Masalan, o‘rta asrlarda jaholat va inkvizitsiya shaxsning orzu-intilishlari, erkinligi va tashabbuskorligi yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan paytda polyak olimi Nikolay Kopernik Yerning Quyosh atrofida aylanishiga doir geliotsentrizm nazariyasini olg‘a surdi. Bu g‘oya ham, avvalo, bir jasoratli shaxs qalbidagi intilishlar ifodasi sifatida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa butun dunyoda e’tirof etilib, ilmiy tafakkurning tarkibiy qismiga aylangan.

G‘oya - mafkura - ijtimoiy ong formalaridan biri bo‘lib, u har qanday jamiyatning ustqurmasida o‘z ifodasini topadi. G‘oya - mafkura falsafiy tushuncha bo‘lib, ma’lum maqsadga qaratilgan inson aql-zakovatini ifoda etuvchi g‘oyalar va qarashlar yig‘indisidir. Ammo, har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G‘oya inson ongida paydo bo‘lsada inson va jamiyat ruhiyatiga singib boradi. U odamning ichki dunyosiga kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, etaklovchi kuchga aylanadi.

Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‘oyalar muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda, insoniyat tarixi - g‘oyalar tarixidir.

Xo‘sh, g‘oya nima, nega unga bu qadar katta e’tibor va ahamiyat beriladi? Ma’lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o‘z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko‘zlab harakat qiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma’lum bir mafkuraga tayanadi.

Umuman, g‘oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G‘oya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in’ikosidir.

Ma’lumki, inson o‘zining aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.

Inson - ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam (bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, his-hayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya’ni mantiq fani o‘rganadi).

Falsafaning oltin qoidalaridan biri - til va tafakkur birligidir. Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘zlar bilan ifoda-lanadi; ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bil-ganmiz.

Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan nazariya, ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql- zakovat, iste’dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Sokrat va Platon, Konfutsiy va Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir.

Har qanday g‘oyaning paydo bo‘lilishi, shakllanishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining mavjudlik shakllariga bog‘liqdir. G‘oya, birinchi navbatda, kishilik jamiyati tarixiy rivojlanishining mahsulidir. Kishilik jamiyatidan tashqarida g‘oya mavjud emas. G‘oya moddiy va ma’naviy borliqning kishilar ongidagi in’ikosi sifatida vujudga keladi, shakllanadi va rivojlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir g‘oyaning tabiatiga obyektivlik va subyektivlik xosdir.

Bunda g‘oyaning obyektivlik xususiyati birinchidan, uning vujudga kelishiga, shakllanishiga, rivojlanishiga turtki beradigan ob’yektiv reallikning, ya’ni tashqi olam - tabiat, jamiyatning, ularga tegishli bo‘lgan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning mavjudligi; ikkinchidan, bir g‘oya va mafkuralar tizimining ikkinchi bir g‘oya va mafkuralar tizimiga bog‘liq bo‘lmagan holda faoliyat olib borishi; uchinchidan, g‘oyaning biron-bir shaxs tomonidan o‘zicha xayolan o‘ylab topilmaganligi; to‘rtinchidan, uning real tarixiy shaxs faoliyati bilan bog‘liqligida ko‘rinadi. Bu hayotda amal qilayotgan g‘oyalarning tashqi olam, tabiat va jamiyatda sodir bo‘lgan jarayonlar asosida shakllangan ijtimoiy hodisa, ya’ni ontologik tabiatga ega bo‘lgan voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyani ontologik jihatdan tushunish imkonini beradi. Demak, g‘oya ontologik jihatdan mavjud ijtimoiy borlikni o‘zida aks ettiruvchi obyektiv mazmunga ega bo‘lgan ma’naviy hayot shakllaridan biridir.

Shu sababli g‘oya gnoseologik nuktai nazaridan "g‘oya - inson ongining tarkibiy qismi; tashqi olamning obrazli, in’ikosi va aksi; inson va hodisalarni anglash shakli; inson ongining tashki olam va hayot hodisalariga nisbatan aks ta’sirining namoyon bo‘lish shakllaridan biri", - degan ma’noni anglatadi. Demak, g‘oyaning gnoseologik tabiatini falsafiy jihatdan anglash, uni ilmiy tushuncha sifatida ta’riflash, tavsiflash va tasniflash imkonini beradi hamda g‘oyani siyqalashtirish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi.

G‘oyaning ontologik va gnoseologik tabiatidan kelib chiqqan holda unga quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin:

G‘oya deb inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad- muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikrga aytiladi.

Har qanday g‘oya dunyoni bilishning muayyan bosqichi va o‘ziga xos shakli sifatida bir qator xususiyatlarga egadir. Bunda, g‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari deb uning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan tomoni, o‘ziga xos belgilariga aytiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, odamlarni ana shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.

G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.

G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.

G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.

G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi.

G‘oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlam-lariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi.

G’oyalarning ijtimoiy xarakteri deb, tarixiy makon va zamonda yashagan tarixiy shaxslar tomonidan o‘rtaga tashlanib, muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib: elat, millat va xalqlarning ruhiyatga kuchli

ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlagan, maqsad- muddao sari yetaklagan kuchli, teran fikrlarnmg paydo bo‘lish, shakllanish va rivojlanib borish jarayonlariga aytiladi.

Demak, g‘oyalarning ijtimoiy xarakteri:

a) insonning paydo bo‘lishi, uning shakllanishi va rivojlanishi;

b) jamiyatning kelib chiqishi, unda yuz berayotgan narsa, hodisa va jarayonlarning genezisi, qaror toptan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarning rivoji;

v) jamiyatda mavjud bo‘lgan turli xil ijtimoiy guruhlarning maqsad- muddaolarini ifodalashi;

g) g‘oyaning yetuk shaxslar tomonidan yaratilishi va uning ijtimoiy guruhdar mafkurasiga aylanish jarayonlarining tarixiy takdiri kabilar bilan ifodalanadi.

Shuni unutmaslik kerakki, har qanday g‘oyaning asosida bilim yotadi. Bilimlammg g‘oyaga aylanishi uchun birinchidan,o‘rganilayotgan hodisa yoki voqea haqidagi bilimlarning aniq bo‘lishi, bilimlar hodisada, voqeada, jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq va to‘la aks ettirgan bo‘lishi, ikkinchidan,to‘plangan bilimlarni amaliyogga ko‘llash uchun ehtiyoj, ya’ni zaruriyatning ortib borishi, uchinchidan,bilimlarni ishlab chiqargan kishilarni (olimlar, shoirlar, yozuvchilarni) jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealar yoki tabiiy muhitda vujudga kelgan muammolarni tezroq bartaraf etish uchun o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad-vazifalari aniq rejalari puxta ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Yangi ishlab chiqilgan g‘oyalar faqat moddiy vositalar yordamida emas, balki insonning ruhiy, ma’naviy energiyasi yordamida ham amalga oshishi mumkin.

Har bir narsaning o‘z ibtidosi va intihosi bo‘ladi. G‘oyalar ham o‘z «umri»ga ega. Ular ham ma’lum makonda va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo‘shishi, kishilarning ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi ham mumkin. G‘oyaga ta’rif berish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarini sanab o‘tish lozim bo‘ladi. G‘oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.

G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasi, ma’no mazmuni. G‘oyalar xilma-xilligini



falsafiy;

dunyoviy va diniy;

badiiy;

ijtimoiy-siyosiy;

milliy va umuminsoniy;

ma’naviy va ma’rifiy;

axloqiy va estetik;

tarbiyaviy g‘oyalar va hokazolarga ajratamiz.

Tafakkur“ jurnalining 1998- yil 2- sonida jurnal bosh muxbirining savollariga Birinchi Prezident Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy g‘oyamizni nazariy va amaliy jihatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’muriy choralar ko‘rish yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin“, - degan haq fikrni ilgari surdi Islom Karimov.



Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima? “Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir... Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin”.

Buyuk davlat arbobi I. A. Karimov Milliy mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak? - degan savolga quyidagicha javob bergan edi:

Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish, oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g‘ayrat manbayi bo‘lishi lozim”.



Prezident I. A. Karimov suhbatda “Xo‘sh, milliy g‘oya, milliy mafkura nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?” degan savolni qo‘yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari surgan:

  • birinchidan, milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;

  • ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya-mafkura bo‘lishi kerak;

  • uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor;

  • to‘rtinchidan, milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur;

  • beshinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak.

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqish, ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun juda ko‘plab normativ-me’yoriy hujjarlar qabul qilmoqda va amaliy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Prezident tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va farmonlar qanchalik darajada o‘z vaqtida ijro etilsa, erksevar, mehnatkash xalqimiz jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi va shunchalik darajada strategik jihatdan o‘zining jahon hamjamiyati oldida g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig’idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir”.

Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehr- oqibat muhitini ko‘z qorachig'idek saqlash hamda mustahkamlashni Yurtboshimiz ustuvor vazifasi deb e’lon qildi.

Ma'lumki, yurtimizda vijdon va e'tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag'rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘zaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e'tiqodga mansubligidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta'minlash davlatimiz e'tibori markazida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo‘lishni talab etmoqda.

Shu borada O‘zbekiston chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha mamlakatimiz diqqati markazida bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “O‘zbekiston va uning bag'rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozisiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteta va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham etarli”.

O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda milliy mafkuramiz g‘oyalarini muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy- tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham

Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.

3.Mafkuraviy kurashlar.

Fikrga karshi fikr, g’oyaga karshi g’oya, jaholatga karshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov). Korruptsiya - mazmuni va mohiyati.



Diniy g‘oyalar. Diniy g’oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini, diniy iymon – etiqodning negizini tashkil etuvchi davatlar, aqidalar, qadriyat va maqsadlar ifodalangan qarashlar majmuiga aytiladi. Ular muayyan dinning mavjudligini ta’minlab beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Diniy bag‘rikenglik g‘oyasiga tayangan ko‘plab davlatlarda xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan turli millat vakillari hamjihat bo‘lib, bir osmon ostida tarixiy, madaniy, ma’naviy, ruhiy mushtaraklikda yashab, mehnat qilmokda. Bu esa, kishilarning bir zamin, bir Vatan uchun, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Hozir zamonda bu g‘oya - ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.

Ilmiy g‘oyalar. Ilmiy g‘oyalar deb, tabiiy yea ijtimoiy fonlarning tabiat, jamiyat, inson tafakkurida yuz berayotgan narsa, hodisa, jarayonlarning sir asrorlari konuniyatlarini bilish orqali qilingan ilmiy kashfiyotlaming natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlar majmuiga aytiladi.

Ilmiy g‘oyalarni tabiat sohasida kilinadigan kashfiyotlar natijasida paydo bo‘ladigan hamda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohada kilinadigan kashfiyotlar tufayli shakllangan ilmiy g‘oyalarga ajratish mumkin. Masalan, Anaksimandr tomonidan ilgari surilgan – fazoning cheksizligi nazariyasi; Pifagorning – teoremasi;

Gippokratning – temperamentlar haqidagi nazariyasi; Demokritning – atom nazariyasi;

Yevklidning – geometriyasi;

Al-Xorazmiyning – algebrasi;

Zigmund Freydning – tush ko‘rish nazariyasi;

Maks Plankning – kvant nazariyasi;

Albert Eynshteynning – nisbiylik nazariyasi;

Aleksandr Flemingning – penitsillinni kashf etishi; Ervin Shryodingerning – to‘lqinlar nazariyasi;

Ser Djeyms Chedvikning – neytronni kashf etishi; Frederik Bantingning – insulinni kashf etishi;

Uilyam Shoklining – tranzistorni kashf etishi va boshqalar ilmiy g‘oyalar jumlasiga kiradi.

Tabiat hodisalarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy g‘oyalar ijtimoiy sohadagi ilmiy g‘oyalarga nisbatan turg‘un bo‘ladi. Ular yangi qilinayotgan ilmiy kashfiyotlar asosida to‘ldirilishi yoki inkor qilinishi ham mumkin.

Falsafiy g‘oyalar. Falsafiy g‘oyalar deb tabiat, jamiyat, inson tafakkuri haqidagi ta’limotlarning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘grisidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardan iborat bo‘lgan, metodologik ahamiyat kasb etadigan fikrlar majmuiga aytiladi. Ular dunyoni bilish jarayonida, kishilik jami-yatining taraqqiyoti mobaynida toplangan falsafiy bilimlarni umumlashtirish, inson hayotiningma’no-mazmuni, uning baxt-saoda-ti kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi. Masalan, olamning asosida nima yotadi, degan falsafiy savolga javob berishlariga qarab monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm, materializm kabi falsafiy g’oyalar vujudga kelgan va falsafiy ta’limot sifatida tarix sahifalaridan joy olgan.

Monizm dunyoning vujudga kelishi, mavjuddigi va o‘zgarishi negizida qanday mohiyat, qanday asos borligini falsafiy talqin etishda monizm dualizm va plyuralizmdan farq kiladi. Monizmning tarixiy shakllari sifatida materialism va idealism alohida o‘ringa ega.

Dunyoning ibtidosi yagona, deb tan olish bilan bir vaqtda, uning mohiyatini turli oqimlar har xil tushuntiradilar. Materializm yo‘nalishida butun mavjudot asosida deb materiya tan olinadi. Materializm tarixida moddiy asos sanalmish materiyani sodda tushunishdan chuqur murakkab anglashgacha tasavvurlar bo‘lgan. Dastlab moddiy elementlar (tuproq, suv, havo, olov)

sifatida tasavvur etilgan materiyani, eng kichik moddiy zarra "atom" haqidagi qarashlar, so‘ng massa, hajm, energiya kabi xususiyatlarga ega moddalar bilan boglab tushuntirishlar yuzaga kelgan. Olamning rang-barang hodisa va qonuniyatlarini biz idrok etadigan xossalar orkaligina tushuntirish cheklanganligi sababli, keyinroq materiyani mavhum va umumiy falsafiy talkin etish zaruriyati kelib chikdi.

Gipoteza (yun. hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxminan mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy Gipoteza bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi toʻgʻrisidagi, xususiy Gipoteza alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday gipoteza tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi.
Xulosa.

Men ushbu mavzu yuzasidan shuni tushundimki milli g’oya inson hayotining negizi hisoblanishini uning tarbiyasida alohida o’rin tutishini tushundim.

Daxldorlik xissi” tushunchasining ijtimoiy moxiyati, Daxldorlik xissi ijtimoiy birlik, tinchlik, barkarorlik, vatanparvarlikning muxim omili, milliy g’oyaga daxldorlik xissini shakllantirishda oila, maxalla, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlarining o’rni, milliy g’oyaga ishonch va e’tikodni shakllantirishda nazariya va amaliyot birligi, milliy g’oyaning birlashtiruvchi. totuvlik va xamjihatlikni ta’minlovchi omil sifatida xar bir fukaro g’oyasiga aylanishi, milliy g’oya barkaror tarakkiyot omili, barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari? barkaror tarakkiyotning bashariyatga daxldorligi, uni qadrlash istikbollari xaqida to’xtaladi. O‘zbekistonda har bir partiya o‘z dasturiy qarash va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega. Har bir partiyaning o‘z dasturiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi siyosiy hayotning bosh mezonidir. Chunki xalq manfaatlari, istiqlol g‘oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir.

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat tashkilotlar mafkuraviy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi lozim.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bu boradagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirib borishi, Inson huquqlari milliy markazi, Ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila ilmiy markazi, Faylasuflar milliy jamiyati, O‘zbekiston Faylasuflari jamiyati, Ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar o‘z faoliyatini milliy istiqlol mafkurasi bilan uyg‘un holda tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishga moddiy, texnikaviy va ma’rifiy jihatdan ko‘mak beradigan «Sog‘lom avlod», «Kamolot», «Umid», «Ulug‘bek», «Oltin meros», «Amir Temur», «Imom Buxoriy», «Ustoz», «Mahalla», «Iste’dod» jamg‘armalari va boshqa jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2017.

  2. Karimov I.A. Asarlar to’plami. J. 1-23. T.: O’zbekiston, 1996-2016.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. - T.: Ma’naviyat, 2008.

  4. Mirziyosv III.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga kuramiz. -T.: O’zbekiston, 2017.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarni ta’minlash yurt tarakkiyoti va xalk farovonligining garovi. -T.: O’zbekiston, 2017.

  6. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan barpo etamiz. - T.: O’zbekiston, 2017.

  7. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning (beshta ustivor yo’nalishi buyicha Harakatlar strategiyasini “Xalk bilan mulokot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish buyicha ilmiy uslubiy risola. -T.: “Ma’naviyat”, 2017.

  8. To’raev SH. Muxammadieva O. Milliy g’oya tarixi va nazariyasi. -T., 2016.

  9. Yusupov va b. Milliy istiklol g’oyasining xalkni birlashtirishdagi roli. -T: DNU, 2003.

10.Internet resurslari

11.GOOGLE.uz



12.Ziyonet.uz

13.Andmi.uz
Yüklə 45,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin