Reja: Falsafiy dunyoqarash nima degani? Falsafaning asosiy xususiyatlari va vazifalari. Falsafaning predmeti Falsafiy bilim tarkibi



Yüklə 278,38 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü278,38 Kb.
#179473
  1   2   3   4   5   6   7
FALSAFA. BIO 302-GURUH SHODIQULOV ILHOMBEK 125262527


FALSAFA

Falsafa fani. Falsafiy dunyoqarashning o‘z-o‘zini anglash jarayonidagi ta’siri Reja Falsafa fani. Falsafiy dunyoqarashning o‘z-o‘zini anglash jarayonidagi ta’siri

Reja: 1. Falsafiy dunyoqarash nima degani? 2. Falsafaning asosiy xususiyatlari va vazifalari. Falsafaning predmeti 3. Falsafiy bilim tarkibi.

Agar falsafaso‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi.

Diogen Laertskiy(eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba'zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba'zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.

Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.

«Falsafa nima degani?»savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.

Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta'riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e'tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi»degan savol tug‘ilishi mumkin.


Yüklə 278,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin