U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba'zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsa
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba'zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir.
Falsafiy fanlarning mustaqilligi to‘g‘risida gapirganda, mustaqillikning o‘zini nisbiyligini nazarda tutish kerak. Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib qolgan emas, ular o‘zaro yaqindan aloqada va o‘zaro bog‘liqdir. Ularning negiz mavzulari ko‘pincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va axloq, axloq va san'at va hakozo. Falsafiy fanlar ayniqsa, muayyan tizimlar va oqimlar doirasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Xegel tizimida dialektika yoki ruh fenomenologiyasini tushunmay turib, na uning Mantig‘ini va na uning Falsafa tarixini anglab bo‘ladi. Xuddi shuningdek, masalan, neokonfutsianchilik va dzen-buddaviylikda ontologiya, bilish nazariyasi va etika o‘zaro aloqadordirlar.
2.Materi bu ……..a) Ongimizda mavjud b¢lgan ob'ektiv borliq. b) Ongimizdan tashqari mavjud b¢lgan ob'ektiv borliq.v) Ongimizdagi sub'ektiv borliº.g) A,B,V javoblari not¢ğri.
3 Falsafada «Borliº atamasi» nimani anglatadi.a) Atrofimizdagi umumiy aloºadorlikni. b) atrofimizdagi olamning moddiy soxasini.v) A.B.V javoblari t¢ğri.g) A.B.V. javoblari notugri.