17-BILET Tushuntirish va tushunishning o‘zaro nisbati qanday bo’ladi ?
To'g'ridan-to'g'ri plagiatlik qanaqa ?
Foydalanilgan manbalarni bayon qilish qoidalari nima ?
Javoblar
1 Tushuntirish va tushunishning o‘zaro nisbati. Tushunish va tushuntirish bir-biri bilan chambarchas bogiiq. Ammo tushunish tushuntirishni, ya’ni o‘rganilayotgan hodisani qonunga va sababga bog‘- lashni nazarda tutmasligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, tushunishni tushuntirishga qarama-qarshi qo‘yish, shuningdek, inson bilish faoliyatining har qanday 4sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi va bir-birini toidiruvchi bu ikki tadqiqotlarni bir-biridan ajratish mumkin emas.
Ulami farqlab, M.M.Baxtin shunday deb yozgan edi: “Tushuntirishda faqat bir ong, bir subyekt, tushunishda esa - ikki ong, ikki subyekt qatnashadi. Obyektga nisbatan dialogik munosabat boiishi mumkin emas, shuning uchun ham tushuntirish dialogik jihatlarga ega emas (formal-ritorik jihatdan tashqari). Tushunish har doim maium darajada dialogik xususiyatga ega”1.
Tushuntirish va tushunish (talqin qilish)ning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, Vrigt mazkur tushunchalami farqlagan ma’qul deb ko‘rsatadi. Bu farqni u quyidagilarda ko‘radi: “Bu nima?” degan savolga javob berish talqin qilishning natijasidir. Aytaylik, namoyish nima uchun sodir boidi yoki inqilobga nima “turtki” berdi?, degan savollarga javob berar ekanmiz, biz sodir boiayotgan hodisalami nisbatan tor ma’noda tushuntirishga harakat qilamiz.
Bundan tashqari, bu ikki omil o‘zaro bog‘liq va ma’lum tarzda birbiriga tayanadi... Bir darajadagi tushuntirish ko'pincha dalillami yanada yuqori darajada talqin qilishga zamin hozirlaydi2.
Ammo ijtimoiy bilishda, awalambor, uning predmeti xususiyati bilan belgilanuvchi tushunish metodikalari, tabiatshunoslikda esa-tushuntirish metodikalari ustun qo'yiladi.
Xulosalar. Tushuntirish - insonning hamkorlik faoliyatida bilish jarayonlari obyektiga kirgan narsa va hodisalaming mohiyatini fikr uzatish, o‘zaro ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanish, muloqot, taqlid yordami bilan oydinlashtirish, xotiradagi bilimlar va ijtimoiy tajribalar bilan ulami uyg'unlashtirgan holda tushunish sari yetaklovchi aqliy faoliyat. Tushuntirish hamkorlik faoliyatida (fikmi izohlovchi - fikmi qabul qiluvchi ishtirokida) individual, trialogik, polilogik shakllarida amalga oshiriladi. O‘zining muddati, ko‘lami, uzatish vositalari, verbal va noverbal nutq turlari ustuvorligi bilan bir-biridan farq qiladi.3
To'g'ridan-to'g'ri plagiatlik - boshqa shaxsning ish so'zini nusxa ko'chirish aktidir. Kitob yoki maqoladan xatni inshoga kiritib, atribut yoki tirnoq belgilari kiritilmagan holda, to'g'ridan-to'g'ri plagiatlik. Sizni insho yozish uchun birovga pul to'lash va inshoni o'zingizning ishingiz deb topshirish ham bevosita plagiatizmdir. Agar siz to'g'ridan-to'g'ri plagiatlik qilsangiz, Turnitin kabi dasturiy ta'minot va vositalar yordamida sizni qo'lga olishingiz mumkin.
Foydalanilgan manbalarni bayon qilish qoidalari:Ishda foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik ro‘yxati ishning oxirida joylashtiriladi. Adabiyotlar bibliografik bayonda quyidagi izchillikda joylashtiriladi: • qonunlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar va materiallar; • mamlakatimizda va chet ellarda bosilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar, ilmiy broshyuralar va hokazo); • statistik, yo‘riqnomaviy materiallar va tashkilotlar va korxonalar hisobotlari; • internet – resurslar.
1 Бахтин М.М. Автор и герой. К философским основам гуманитарных наук. - СПб.: Питер, 2000. -С.306.