Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish


Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə14/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#199764
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi.
Odatda BO da va BT elementlarida turli harakatlantiruChi kuchlar (vozmuщeniya) mavjud bo’ladi. Tashqi harakatlantiruvChi kuchlar kirish o’zgaruvChilari, kirish funksiyalari yoki kirish signallari deyiladi.


    1. –rasm. Avtomatik tizim.



    1. – rasm. Boshqaruv tizimining matematik ko’rinishi.

Ko’pincha boshqaruvvazifalari haqida ma’lumot beruvchi turli o’lchov asboblarining signallari ABT da kirish o’zgaruvchisi bo’lib keladi. ABTmutloq aniq hollarda boshqaruv vazifalari haqida signal beruvchi o’lchov asboblaridan BT ga kiritilgan signallar avtomatik tizimning foydali kirish signallari deyiladi.
Yuqorida aytilgan muloxazalardan EHM larning zamonaviy avtomatikadagi roli yaqqol ko’rinadi. Murakkab boshqaruv tizimlarini, ayniqsa ko’p sonli ob’ektlarni, yoki turli murakkab jarayonlarni boshqarishga mo’ljallangan boshqaruv tizimlarini tezkor hisoblash mashinalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. SHuning uchun ham bugungi kunda avtomatikaning taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan. Avtomatikada hisoblash texnikasidan murakkab avtomatik tizimlarning bosh elementlaridan biri sifatida, qolaversa turli avtomatik tizimlarni ishlab chiqish va ularda olingan natijalarni qayta ishlash maqsadida foydalaniladi.
O’tish jarayonlari.
Agar sistemaga ta’sir etuvchi g’alayonlanishlar bo’lmasa va rostlanuvchi kattalikning hozirgi hamda berilgan qiymatlari teng bo’lsa, rostlash sistemasi muvozanat holatda bo’ladi. G’alayonlovchi ta’sirlar esa sistemani muvozanat holatdan chiqaradi. yopiq, chetga chiqishlar prinsipi bo’yicha ishlaydigan avtomatik rostlash sistemasilarda avtomat rostlagich sezadigan tengsizlik paydo bo’ladi. Avtomat rostlagich rostlanuvchi ob’ektga nisbatan rostlovchining ta’sirini ishlab chiqaradi, bu esa o’z navbatida modda yoki energiya sarfining o’zgarishiga olib keladi. O’zgarish ma’lum vaqt davomida sodir bo’ladi, bu vaqt rostlash vaqti deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning vaqt mobaynida o’zgarishi o’tish jarayoni bo’lib, uning grafigi rostlash jarayonining egri chizig’i deyiladi. O’tish jarayonining shakli rostlash sifatining asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishlarsiz kamayib tebranishlarsiz, ravon o’tadigan egri chizig’i davriy bo’lmagan turg’un jarayonga xos bo’lib, odatda bunday xollarda rostlash jarayoni sekin o’tadi. Rostlanuvchi kattalikning qiymati berilgan qiymatidan ancha chetga chiqsa bu xol o’tish jarayonining bunday ishlashini maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatadi. So’ngra avtomatik rostlash sistemasi harakatining tezligi oshirilsa, uning turg’unligi kamayadi, chunki signallarning sistemadan o’tishida kechikishi va tarkibiy elementlar dinamik hususiyatlarining nomuvofiqligi ko’zatiladi.
Agar rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi nol:gacha kamaytirilsa, uning egri chizig’i so’nuvchi tebranishli jarayonga tegishli bo’ladi. O’tish jarayonining bunday shakli qulaydir. Bu holda rostlash vaqti kam va rostlanuvchi kattalikning chetga chiqish amplitudasi kichik bo’ladi. Agar sistema harakati yanada tezlashtirilsa, o’tish jarayoni so’nmas tebranishli jarayon shakliga kirishi mumkin. Unda sistema hech qachon muvozanat holatiga kelmaydi, o’lchanayotgan kattalik esa doim berilgan qiymat atrofida tebranib turadi. Avtomatik rostlash sistemalarining vazifasi rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishini yo’qotishdan iboratligini e’tiborga olinsa, yoyiluvchi tebranishlar hosil bo’lishiga yo’l qo’yish mumkin emasligi ma’lum bo’ladi. Bunda chetga chiqish amplitudasi vaqt o’tishi bilan oshib boradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin