26,1- rasm. O'ta yuqori chastotali namlik o'lchagich sxemasi. 170
170
O'YCH li namlik o'lchagichlar 0... 100 % li keng chegarada namlikni yuqori aniqlik bilan o'lchashga imkon beradi. 170
170
Optik namlik o'lchagichlarda moddaning namligi bilan undan qaytgan nurlanishning orasidagi bog'lanishdan foydalaniladi. Eng katta sezgirlik hosil qilish uchun spektrning infraqizil sohasidagi nurlanishdan foydalaniladi. Uni manba 1 hosil qiladi (6.54-rasm). Tahlil qilinayotgan material 2 dan qaytgan yorug'lik oqimi to'plash qurilmasi 3 yordamida qabul qilgich 4 ga yuboriladi. Materialning namligi qancha katta bo'lsa, u infraqizil nurlarni shuncha yaxshi yutadi va qaytgan oqim miqdori shuncha kam bo'ladi. 171
Bu usul bilan faqat yupqa qatlamning (5 ... 30 mm) namliginigina o'lchash mumkin bo'lganligidan namlik o'lchagichdan, odatda, konveyer lentalarida tashilayotgan sochiluvchan materiallar uchun foydalaniladi. „Bereg" turidagi optik namlik o'lchagichlar namligi 80 % gacha bo'lgan materiallarni tahlil qilishga imkon beradi. 171
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 171
Analiz qilish; kimyoviy gaz analizatori; elektr-kimyoviy gaz analizatori; termokimyoviy gaz analizatori; xromatografik gaz analizatori; termokonduktometrik gaz analizatori; termomagnit gaz analizatori; absorbsion-optik gaz analizatori; eritmalaming tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik usullari; zichlik o'lchagichlari; psixrometrik, shudring nuqtasi, sorbsion, sig'imli, absorbsion, konduktometrik, dielkometrik, o'ta yuqori chastotali, optik namlik o'lchagichlar. 171
Nazorat savollari 171
1.Gaz aralashmalari tarkibini analiz qilishning qanday usullarini bilasiz? 171
2.Termokimyoviy, termokonduktometrik, termomagnit gaz analizatorlarining ishlash prinsipini tushuntiring. 171
3.Kimyoviy va elektrokimyoviy gaz analizatorlarining bir-biridan farqi nimada? 171
4.Xromatografik, absorbsion-optik gaz analizatorlarining ishlash prinsipini tushuntirib bering. 171
5.Eritmalaming tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik usullarini tushuntirib bering. 171
6.Sanoatda gaz aralashmalari va eritmalaming tarkibini analiz qilishda qanday muammolar mavjud? 171
7.Suyuqliklar zichligini o'lchash usullarini izohlab bering. 171
8.Qalqovichli, vaznli, gidrostatik, radioizotopli zichlik o'lchagichlarining ishlash prinsipini tushuntiring. 171
9.Suyuqliklarning qovushqoqligini o'lchash usullarini izohlab bering. 171
10.Kapillar, erkin tushuvchi zoldirli, tebranishli, aylanma momentli viskozimetrlarning ishlash prinsipini tushuntirib bering. 172
Zoldirli viskozimetrlar. Zoldirli viskozimetrlar suyuqliklarning qovushqoqligini o'lchashda keng ishlatiladi. Qovushqoqlikni erkin tushuvchi jism usuli bilan o‘lchash Stoks qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq erkin tushuvchi jismning suyuqlikdagi tezligi shu suyuqlik qovushqoqligi bilan bog'langan, bu bog'lanish quyidagicha ifodalanadi: 189
ju =к(pl- -P2-}-g- (30.1) 189
bu yerda: P, va p2 — erkin tushuvchi jism (zoldir) materialining va suyuqlikning zichliklari, kg/m3; g — og‘irlik kuchining tezlanishi, m/s2; r — zoldirning radiusi, m; v — zoldirning bir me’yorda tushish tezligi, m/s; K— qabul qilingan o‘lchovga bog‘liq bo‘lgan sonli doimiy koeffitsiyent. 189
Stoks qonuni bir jinsli suyuqlikning mutlaqo sferik zoldirga nisbatan laminar harakatida ishlatilishi mumkin. (30.1) ifodadan ma’lumki, tekshirilayotgan suyuqlikning qovushqoqligini o'lchash suyuqlikdagi zoldirning tushish tezligini yoki zoldirning belgilangan masofadan o‘tish vaqtini o'l- chashdan iborat. Qovushqoqlikning zoldir tushish vaqtiga bog‘liqligi quyidagicha ifodalanadi: 189
M- К-ъ, (30.2) 189
bu yerda: К — asbob doimiysi, Pa; r — zoldirning belgilangan masofadan o'tish vaqti, s. 189
Qovushqoqlikni zoldirning erkin tushish vaqti bo'yicha aniqlaydigan avtomat qurilmaning prinsipial sxemasi 30.1-rasmda ko'rsatilgan. 189
Suyuqlik oqimi zoldir 1 ni boshlang'ich holatga shesternali nasos 2 yordamida ko'taradi. Bu shesternali nasos elektr dvigatel 3 ga ega. Zoldirni ko'tarish bilan birga nasos suyuqlikdan namuna olib, uni sinaydi. Zoldir yuqorigi cheklovchi to'rga yetgach, nasos to'xtaydi, zoldir harakatsiz muhitda erkin pastga tushadi. Induksion g'altaklar 7 orqali zoldirning belgilangan yo'l / dan o'tish vaqti hisoblanadi. Zoldirning induksion g'altaklardan o'tishida nomuvozanatlik signallari hosil bo'ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi. Shesternali nasosning avtomatik ravishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele bloki 4 va o'lchash asbobi 5 yordamida bajariladi. 189
Asbobning o'lchash chegaralari induksion g'altaklar orasidagi masofa / va zoldir diametrining o'zgarishi bilan tanlanadi. Bunday asboblarda 100 Pa • s chegaradagi suyuqlik qovushqoqligini o'lchash mumkin. Asboblarning o'lchash aniqligi ±2 %. 190
Rotatsion viskozimetrlar. Suyuqliklar qovushqoqligini o'lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini o'rga- nishda rotatsion viskozimetrlardan foydalanish qulay. Bu asboblar tekshirilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qarshilik momentlari va aylantiruvchi momentlarni о ‘Ichashga asoslangan. 190
Qovushqoq suyuqlikda jism aylan- ganida qovushqoqlik qarshiligi teskari 190