Diskret chiqish signalli o‘lchash o‘zgartkichlari (releli o‘zgartkichlar) chiqishda o‘lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatga erishganda o‘z holatini o‘lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizatsiya uchun qo‘llanadi.
O‘lchov qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda oqimlari hisoblanadi. O‘lchov o‘zgartkichining yoki asbobning kirishiga energiya kirmasa (o‘lchash ob’ektidan yoki oldingi o‘zgartkichdan), o‘lchash axborotini uzatish mumkin bo‘lmaydi. Buni xisobga olib, barcha birlamchi o‘zgartkichlar ikki guruhga bo‘linadi: generatorli va parametrik o‘zgartkichlar.
Generatorli o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. Masalan, termojuft haroratni termoEYUK ga aylantirib, energiyani faqat o‘lchash ob’ektidangina oladi. SHunday qilib, generatorli o‘zgartkichlarda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi.
Parametrik o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. Jumladan, agar ob’ektda qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lgan termorezistor o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda axborot olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish zarur. Tokning o‘zgarishi o‘lchanayotgan haroratning o‘zgarishi haqidagi axborot bo‘ladi. Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga bog‘lik bo‘lib, bu parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir.
Amaliy ish № 4. Haroratni o’lchash bo’yicha masalalar yechish. Kengayish termometrlarining asosiy parametrlarini aniqlash bo’yicha masalalar yechish.
Ish maqsadi: haroratni o’lchash asboblari va o’zgatirgichlarining ishlash printsiplarini va o’lchash usullarini o’rganish.
Harorat moddaning issiqlik holatini tavsiflaydi va uning molekulalarining o’rta kinetik energiyasiga proportsional.
Haroratni bevosita o’lchab bo’lmaydi. Umuman olganda haroratni o’lchash uchun issiqlik ta’siri ostida ro’y beradigan barcha hodisalardan foydalansa bo’ladi. Biroq miqdoriy baholashni termometr ko’rsatishi va qandaydir etalon harorat bilan o’zaro nisbatni aniqlagandagina amalga oshirish mumkin, masalan suvning uch karra nuqtasining harorati bilan.
Dostları ilə paylaş: |