Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə182/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Prinsipial sxema
Metall blok 1 ko’rinishidagi detector termokonduktometrk gazoanalizatorning asosiy qismi hisoblanadi, unda ikkita yoki ko’pincha to’rtta 2, 6, 7, 8 silindr shaklidagi kamera o’yilgan. Har bir kamerada 4 sim ushlagichlar bilan elektroizolyatsiyalovchi halqa 5 ga mahkamlangan metal yoki yarimo’tkazgichli termorezistor 3 joylashtirilgan. Metall termorezistorlar 0.02-0.05 mm diametrga ega platinadan, volframdan volfram silaridan yasalgan. Ayrim hollarda sim korroziyadan shisha qobiq bilan himoyalanadi. Odatda metal termorezistorlarning qarshiligi 5-60 Om bo’ladi. Yarimo’tkazgichli termorezistorlar 0.2 0.5 mm diametrga, 2-30 kOm qarshilikka ega munchoq ko’rinishida yasaladi.
T
ermokonduktometrik gazoanalizator sxemasi 4-b rasmda ko’rsatilgan. Analiz qilinayotgan va yordamchi gazlar gazlarni tayyorlash blogi 9 dan doimiy hajmiy sarfda ketma-ket ulangan 2,6 va 8,7 kameralarga ma’lum tarzda uzatiladi. Bu
4-rasm. Termokonduktometrik detector(a) va gazoanalizator (b) sxemalari.
kameralarda joylashgan o’lchovchi Ri va solishtirma Rcp termorezistorlar manbasi stabilizatsiyalovchi energiya manbai 11 bo’lgan muvozanatda bo’lmagan ko’prikka ulanadi. Manba kuchlanishi shunday tanlanadiki bunda termorezistorlar 50-200°S temperaturagacha qizishi zarur. R0 rezistor muvozanatda bo’lmagan ko’prik signalining boshlang’ich sathini sozlash uchun, Rd esa uzatish koeffitsientini sozlash uchun xizmat qiladi. RI termorezistorlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining rad qilinishi gaz qatlami orqali issiqlik o’tishi kovektsiya, nurlanish va termorezistorning ingichka mahkamlangan joylari issiqlik o’tkazuvchanligi tufayli yuzaga keladi. Termorezistorlarning ish rejimi shunday tanlanadiki, bunda detector kameralaridagi issiqlik o’tkazilishi to’liqligicha gaz qatlami orqali issiqlik o’tishi hisobiga yuz berishi kerak.


Tenglama va munosabatlar
Analiz qilinayotgan va solishtirilayotgan gazlarning issiqlik o’tkazuvchanligi teng bo’lganda resistor Ro yordamida ko’prikning o’lchash dioganalida signalning nol qiymati o’rnatiladi. Aralashma issiqlik o’tkazuvchanligi o’zgarganida kamera 2 dan 6 ga issiqlik o’tkazish sharti o’zgaradi. 7 va 8 kameralarda esa avvalgidek qoladi. Bu RI termorezistorlar qarshilikklariningo’zgarishini keltirib chiqaradi. Natijada ko’prikning o’lchash dioganalida balans farqi yuzaga keladi. Va uning bir qismi resistor RD dan unifikatsiyalangan signal chiqaruvchi oraliq o’zgartirgich 12 ga yuboriladi. Bu signa avtomatik potensiometr 13 tomonidan qabul qilinadi. Ko’prik balansiningbuzilishi quyidagicha ifodalanadi:
  (2)
Bu yerda   —termokonduktometrik gazoanalizator o’zgarish koeffitsienti;
 — analiz qilinayotgan aralashma va yordamchi gaz qatlamining mos ravishdagi issiqlik qarshiligi.
Termokonduktometrik analizatorlarda analitik qrilma 10 termostatlanadi yoki temperaturasiga bog’liq ravishda analizator ko’rsatkichlarini korrektsiyalovchi qo’shimcha qurilma qo’llaniladi. Ba’zida 7 va 8 kameralar germetik qilib yasaladi, va gazoanalizatorning pastki o’lchash chegarasiga mos ravishda issiqlik o’tkazuvchanlikka ega gaz bilan to’ldiriladi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin