Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə184/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Qo’llanilish sohasi
Ko’rib chiqilgan gazoanalizator sorblovchi qatlamning mos ravishda tanlanganida N2, NO2, S02, NH3, H2S va NS1, Hg, HaO bug’lar aramatik uglevodorodlar va boshqa moddlarning konsentratsiyasini o’lchash uchun qo’llanilishi mumkin. Odatda sorblovchi qatlam sifatida gaz suyuqlikli xromatografiyada qo’llaniladigan turli suyuq fazalar ishlatiladi. Suv bug’i konsentratsiyasini o’lchash uchun gazoanalizator ya’ni gigrometr sifatida qo’llanilganda sorblovchi qatlam- kremniy dioksidi, fosfor pentoksidi, sulfidlangan polisterol va boshqa gigroskopik polimerlar va tabiiy mumdan tayyorlanadi.
Gigrometr sifatida ko’rib chiqilgan gazoanalizator hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Bu turdagi namlikni o’lchovchi asboblar keng o’lchash diapazoniga 0—10 "5 dan 0—3% gacha va sezish vaqti 10-30 sekundga ega.
Hozirgi vaqtda juda ko’plab sorbsion konduktometrik gazoanalizatorlar konstruktsiyalari ishlab chiqilgan. Bu turli-tuman konstruktsiyalarda plyonkali, diodli, triodli sezgir elementli va granula ko’rinishidagi sezgir elementli gazoanalizatorlarni ajratish mumkin. Yarimo’tkazgichli plyonkali sezgir elementlarda material sifatida asosan Sn02, Nb2Os, CoO, ZnO, Zr02, Ti02 metall oksidlari shuningdek germaniy va kremniy qo’llaniladi. 5 v rasmda plyonkali sezgir elementli gazoanalizator sxemasi ko’rsatilgan. Plyonka 2 sifatida boroselikat taglikka surtilgan rux oksidi qo’llaniladi. Plyonka qalinligi 20-1000A, o’lchamlari 20x4mm. Taglik plyonkasi unga yurgizilgan kontakt 3 lar orqali o’lchash sxemasiga ulanadi. Analiz qilinayotgan gazning kamera 1 orqali oqishida aniqlanayotgan component plyonkada sorblanadi va uning elektr qarshiligini o’zgartiradi.

Potensiometrik analizator
O’lchash prinsipi
Elektrokimyoviy o’lchov qurilmalariga mansub bo’lgan patensiometrik analizatorlarning ish prinsipi analiz qilinayotga modda aniqlanayotgan komponenti konsentratsiyasi aniqlanuvchi elektrolitga joylashtirilgan elektrod potensialini o’lchashga asoslangan.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin