Avtomatlashtirish va boshqarish


Gidrostatik zichlik o’lchagichlar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə189/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Gidrostatik zichlik o’lchagichlar
Suyuqlik zichligini o’lchashning gidrostatik metodi gidrostatik bosim P suyuqlik balandligi H suyuqlik zichligiga ρ asoslangan. Bu bog’liqlik quyidagi formulada aniqlanadi:
P = ρgH
Shundan so’ng, suyuqlik balandligi bosimini o’lchash natijalari bu suyuqlik zichligini oson o’lchaydi.

8.1 rasm. Gidrostatik zichlik o’lchagich gaz purkagich bilan.


Gidrostatik zichlik o’lchagichga qo’llanilayotgan suyuqlikka vertikaliga botirilgan naycha chetiga urilgan gaz pufakchalari bosimni o’lchashga mo’ljallangan moslama mahkamlangan. Bunday qurilma chizmasi 8.1 rasmda ko’rsatilgan. Suyuqlikka to’ldirilgan idishga 1 ballondan 3 naycha 4 orqali suyuqlik bilan birgalikda harakatlanmaydigan gaz yo’naltiriladi. Gaz bosimi suyuqlikli manometrda 2 o’lchanadi. Naychadan gazning yo’nalishi orqali yuzaga keladigan, h balandlikdagi suyuqlikning gidrostatik bosimiga naychaning botirilish chuqurligi bilan bir vaqtda sodir bo’ladigan pufakchalar bosimi teng. Bunda quyidagi tenglamaga ega bo’lamiz:

ρgH+2σ/R=ρmgh
bu yerda: σ – suyuqlik va gaz chegarasidagi yuza tarangligi. R – pufakcha radiusi; ρm – suyuqlikning manometrik zichligi.

Elektron labarator zichlik o’lchagich (raqamli aerometr) DenDi
Afzalliklari:
  • z ichlikni tez va aniq o’lchash;


  • juda yopishqoq va tiniq bo’lmagan suyuqliklarning o’lchay olish;


  • zichlikni o’lchash diapozonining kengligi;


  • namunaning katta hajmda bo’lmasligi;


  • foydalanishdagi qulaylik;


  • qurilmaning qismlarga ajralishi uni tozalashni osonlashtiradi;


  • ma’lumotlarni yuborish uchun IK porti mavjudligi.



Neft va neft mahsulotlarining zichligini o’lchash uchun mo’ljallangan yangi raqamli aerometr DenDi bir nechta aerometrlar jamlanmasini o’rnini bosadi va tahlillarni to’plash va kvalifikatsiyali mutaxasislarni jalb qilishga ketadigan xarajatlarni sezilarli qisqartiradi. Raqamli aerometr ham xuddi shishali aerometrda qo’llangan prinsipdan foydalanadi (itarish kuchi yoki Arximed kuchiga asoslangan holda) lekin mukammal faoliyat natijasida suyuqlik zichligini juda keng diapozonda tekshirishga olib keladi.

Raqamli texnologiya, ma’lumotlarni ko’rsatib beruvchi suyuq kristalli panel inson yo’l qo’yadigan xatolarni mimnimallashtiradi, ya’ni shihsali aerometr bilan ishlash natijasida olinadigan ma’lumotlar qo’lda yozib borilardi. Qurilmani boshqarishda ikkita tugmachadan foydalaniladi ya’ni DenDi foydalanish uchun juda qulay qilib yaratilgan.


Moslamani aniq bir o’lchamga sozlash uchun distillangan suvdan foydalaniladi.
Qurilmaning qismlarga ajraladigan shishali bo’laklarini oson tozalanish qulayligi unga yopishqoq va tiniq bo’lmagan suyuqliklar zichligini tezlik bilan o’lchanishiga xizmat qiladi. U-shakldagi naychali aerometr va zichlik o’lchagichlarda ishlaganda ma’lum bir labaratoriya sharoitidagi aniqlik yoki suyuqlik yopishqoqlikgini kamaytirish maqsadida uni qizdirishga to’g’ri kelardi, DenDi esa bunday sharoitlarga muxtoj emas.
DenDi zichlik o’lchagichi ma’lumotlarni turli formatlarda ko’rsata oladi:
  • Haqiqiy zichlik (g/sm³ yoki kg/m³da);


  • Zichlikni 15° C yoki 20° c da ko’rinishi (neft va neft mahsulotlari uchun);


  • Alkogol konsentratsiyasi (suv-spirtli aralashmalar uchun);


  • Boshqa ko’rinishlardagi qulayliklar (talabga qarab).


O’lchash natijalarini IK kanali orqali portativli printerga yoki ma’lumotlarni o’zgartirish uchun kompyuter bazasiga uzatilish imkoni mavjud.




Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin