Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə201/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Ishdan maqsad. . Unifikatsiyalashgan tok ko’rinishidagi chiqish signaliga ega bo’lgan o’lchash axborotlarini uzatuvchi elektr tizimning dinamik xususiyatlarini o’rganish.
Elektr asbob tarmoqlaridan tashkil etilgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari quyidagi afzalliklarga ega. Elektr tizimga yuqori sezgirlik va aniqlik, tezkorlik, uzok masofalar bilan aloqa bog’lashga imkon beradi, asboblarning sxema va tuzilishi jihatidan yuqori bir xillashtirishni ta’minlaydi. Yarim o’tkazgich texnikadan integral sxemalarni qo’llashga o’tish asboblarning o’lchamlarini va og’irligini kamaytirishga olib kelish bilan birga ularning mustahkamligini oshirishga va funktsional imkoniyatlarini kengaytirishga imkon tug’diradi. Boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida elektronikani qo’llash ayniqsa nazorat o’lchov asboblari guruhida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ularning boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bilan bevosita aloqasini ta’minlash imkonini beradi.
Sanoat asboblari va qurilmalari orasida axborot bog’lanishni ta’minlash uchun bir xillashtirilgan signallar (US) ishlatiladi. US ning bir xillashtirilgan parametri deyilganda uning axborot eltuvchi parametri, ya’ni o’zgarmas yoki o’zgaruvchi tok kuchi, kuchlanish, chastota, kod, pnevmatik signal-havoning bosimi tushuniladi.
Bir xillashtirilgan parametrlarning turiga qarab US larning to’rt guruhi mavjud:
  1. Elektrik uzluksiz tok va kuchlanish signallari;


  2. Elektrik uzluksiz chastotali signallar;


  3. Elektrik kodlangan signallar;


  4. Pnevmatik signallar.


Elektrik uzluksiz tok va kuchlanish signallaridan turli uzluksiz o’zgaruvchi fizik kattaliklarning son qiymatlarini tasvirlash uchun foydalaniladi. Axborot parametr turiga qarab US ning shu guruhi o’zgarmas tokning tok signali, o’zgarmas tokning kuchlanish yoki o’zgaruvchi tokning kuchlanish signalidan iborat bo’lishi mumkin.


O’zgarmas tok kirish va chiqish signallarining o’zgarish chegaralari quyidagicha:
0 — 5mA; -5 — 0 ― +5mA; 0 — 20 mA; - 20 — 0 — + 20mA; -100 — 0 — + 100 mA.
O’zgarmas tok kuchlanishi kirish va chiqish signallarining o’zgarish chegaralari quyidagicha:
0- 10mV;-10 — 0―+ 10mV; 0 — 20mV; - 20 — 0— +20mV; 0 — 50mV; 0— 100 mV; 0 — 1 V; - 1 — 0―+ 1V; 0— 10V; - 10 — 0 ― + 10V.
O’zgaruvchan tok (50 yoki 400 Gts chastotali) kuchlanish signallarining nominal o’zgarish chegaralari:
0 — 0,25 V; 0,25 — 0 —25 V; 1 — 0 — 1 V; 0 — 2 V.
Elektrik uzluksiz chastotali signallar fizik kattalik haqidagi axborotni eltuvchi signalning bir xillashtirilgan parametri sifatida o’zgaruvchi tok chastotasidan yoki impulьslar chastotasidan foydalaniladi.
Turg’un rejimda chastotali chiqish signallarining nominal qiymatlari quyidagi kattaliklarga ega bo’lishi mumkin: 0,6; 1,2; 3; 4; 6; 8; 12; 24; 48; 60; 110 yoki 220 V.
Uzluksiz chastotali kirish signalli o’lchov asboblari amplitudasi quyidagi chegaralarning birida bo’lgan signallarni qabul qilishga mo’ljallangan: 2,5 — 10; 10— 40; 40 — 160; 160 - 600 mV 0,6-2,4; 2,4—12 V; 12—36 V; 36—120 V.
Elektrik kodlangan signallardan turli xil elektron hisoblash va boshqarish mashinalarida, raqamli avtomatika va telemexanikaning raqamli qurilmalarida foydalanila
Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin