Kuch kompensatsiyali pnevmatik o’zgartkichlar o’lchash blokidan sezgir elementining kuchini 20—100 kPa (0,2—1 kgk/sm2) qiymatda bir xillashtirilgan pnevmatik chiqish signalni o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
Pnevmatik kuch o’zgartkichlarining ishlash printsipi pnevmatik kuch kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan.
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o’zgartkichning printsipial sxemasi 8.11-rasmda ko’rsatilgan.O’lchanayotgan parametr o’lchash blokining sezgir elementiga ta’sir ko’rsatadi va G’ mutanosib kuchga aylanadi. G’ kuch ta’sir qilayotgan richag 1 orqali to’siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo va to’siq orasidagi tirqishning o’zgarishi natijasida o’zgarmas kesimli drossel 7 orqali keladigan havo bosimi o’zgaradi. SHu bilan birga, kuchaytirish pnevmorelesining a kamerasidagi bosim ta’sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi natijasida kirish 10 va chiqish 11 soqqali klapanlarning holati o’zgaradi.
Natijada b va v kameralarda bosim o’zgaradi. To’siq 2 silьfon 4 ta’sirida soploga nisbatan shunday holatni egallaydiki, silьfondagi kuch o’lchash blokining G’ kuchiga tenglashib, b va v kameralardagi bosim shunga qarab o’zgaradi. O’zgartkich berilgan o’lchash chegarasiga silьfonni richag 5 bo’ylab siljitish orqali sozlanadi. O’zgartkichning chiqish signali 20 kPa (0,2 kGk/sm2)-boshlang’ich bosim nol korrektorning prujinasi 6 yordamida o’rnatiladi. O’zgartkich chang, nam va yog’dan tozalangan havo bilan ta’minlanadi. Havoning nominal bosimi 140±14 kPa. CHiqish signalini 300 metr masofaga uzatish mumkin. O’zgartkichning aniqlik sinfi 1,0.
Siljish kompensatsiyali o’zgartkichlar o’lchash bloki sezgir elementining siljishini 20—100 kPa qiymatda pnevmatik chiqish signaliga o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
8.12-rasmda siljish kompensatsiyali sxema bo’yicha ishlaydigan pnevmatik o’zgartkichning printsipial sxemasi ko’rsatilgan. Ta’minlovchi havo bosimi hamda o’zgartkich chiqishidagi havo bosimi M1 va M2 manometrlar orqali nazorat qilinadi.
Birlamchi rele tarkibiga o’zgarmas kesimli drossel 7, soplo 3 va o’lchash bloki 1 ning sezgir elementi bilan bog’langan to’siq 2 kiradi. Kuchaytirgich ikkita ketma-ket ulangan drossel va silьfon turidagi yuritmadan iborat. Drossel tizimi soplo 9 va 11 larni o’z ichiga oladi. Birinchi soplodan R0 bosimli siqilgan havo kuchaytirgichga keladi, ikkinchi soplo orqali esa havo kuchaytirgichdan atmosferaga chiqadi. Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon klapan mavjud. Uning holatiga ikkala drossel havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, drossel qarshiliklari ham bog’liq. Kuchaytirgich yuritmasi kamera 5 ichiga joylashgan, bir-biriga nisbatan kontsentrik o’rnatilgan silьfonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan silьfonlarning harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi pele va ikkilamchi asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog’langan. Silьfon yuritmasiga R1 va R2 bosimlardan o’zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta’sir qiladi.
To’siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki tekshirilayotgan parametr qiymatiga bog’liq. To’siq soploni berkitganda silьfonga ta’sir qiladigan R1 bosim ko’payadi, silьfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 9 teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni berkitadi; P2 bosim oshadi va soplo 11 batamom berkilganda, R2 bosim o’zining maksimal qiymatiga erishadi. To’siq soplodan chetlashganida teskari hodisa yuz beradi, ya’ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi, shuning uchun R2 bosim pasayadi va u soplo 11 ning to’liq ochilishida nolga tenglashadi.
Havo bosimining va o’lchanayotgan parametrning o’zgarishi quyidagicha bo’ladi. R2 bosim oshganda, silьfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to’siqni soplo 3 dan chetga suradi hamda soploning batamom berkilishiga yo’l qo’ymaydi. Pnevmatik tizimlardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o’lchagichlar ishlatilishi mumkin.
Amaliy ish № 18. Unifikatsiyalashgan tok ko’rinishidagi chiqish signaliga ega bo’lgan o’lchash axborotlarini uzatuvchi elektr tizimning dinamik xususiyatlarini o’rganish.
Dostları ilə paylaş: |