Avtomatlashtirish va boshqarish


Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə208/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda texnik-texnologik ob’ektlarning boshqarish tizimlarini asosini belgilovchi nazorat-o‘lchash vositalarini umumiy strukturalarini tushunish, ularga tegishli turli hisob-kitob ishlarini bajara olish va ularni to‘g‘ri tanlash bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - uni o‘rganuvchilarga:
- texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning asosini belgilovchi texnologik o‘lchashlar va asboblarga qo’yiladigan talab darajasidan kelib chiqib, nazorat-o‘lchov asboblarining tuzilishi va ishlash tamoyillarini;
- o‘lchash asboblarini berilgan o‘lchash diapazoniga mos ravishda to‘g‘ri tanlash qoidalari va usullarini;
- texnologik o‘lchashlar va asboblarga doir loyiha hujjatlarini tayyorlashni o’rgatishdan iborat.

Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga
qo`yiladigan talablar
Nazoratning texnologik asboblari fanini o’zlashtirish jarayonida talaba:
- nazorat qilish tizimlarining rivojlanish tendensiyasi;
- avtomatlashtirish sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar va fan, texnika va texnologiya yutuqlari darajasida tasavvurga ega bo’lishi;
- texnologik o‘lchash usullari va asboblarining turlarini;
- nazorat-o‘lchash asboblari va vositalarining statik va dinamik tavsiflarini aniqlash usullarini;
- nazorat-o‘lchov asboblarining konstruksiyalarnii hisoblash tamoyillarini;
- nazorat qilish tizimlarini tuzilishlarini;
- berilgan nazorat qilish tizimlariga qo’yilgan talablarga mos keluvchi texnik vositalarni to‘g‘ri tanlashni;
- ma’lum xususiyatga ega texnik o‘lchash vositalarini loyihalash usullarini;
- pnevmatik, elektr, elektron, gidravlik va aralash nazorat qilish tizimlarini tuzilish prinsiplari va ularni ishlatishni;
- nazorat qilish tizimlarini statik va dinamik tavsiflarini topish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi.
- nazorat-o‘lchash tizimlarining asosini tashkil etuvchi texnologik o‘lchash asboblarining tashkil etuvchilarini hisoblash;
- texnologik o‘lchash asboblarining ma’lum sharoitda ishlashini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
- nazorat-o‘lchash asboblarining kuchaytirish koeffitsientlarini, vaqt doimiylarini topish va ularni shu asosda sozlash;
- nazorat qilish tizimlarini va ularni asosini tashkil etuvchilarini hisoblash, tanlash;
- avtomatik nazorat qilish tizimlarini ishini tahlil qilishda uni tashkil etuvchilarining konstruktiv parametrlarini ma’lum mezonlar asosida to‘g‘ri tanlash malakalariga ega bo’lishi kerak.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin