2-modul: 2-mavzu: O‘lchash vositalari va tizimlari. O‘lchash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. O‘lchashlarning tasnifi. O‘lchash usullari. (2 soat)
3-mavzu: O‘lchash xatoliklari. O‘lchash vositalarining strukturaviy sxemasi to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Nazorat qilish vositalari va sistemalarining stukturasi va ularning umumiy tashkil etuvchilari. Datchiklarni, o‘zgartkichlarni, axborotlarni uzatish va avtomatik nazorat qilish tizimlarini va ikkilamchi asboblarni ishlash sxemalari va strukturaviy sxemalari. (2 soat)
3-modul: 4-mavzu: Haroratni nazorat qilish. Umumiy tushunchalar. Harorat shkalalari. Harorat o‘lchash vositalarining tasnifi. (2 soat)
5-mavzu: Suyuqlik termometrlari. Mexanik termometrlar. Manometrik termometrlar. (2 soat)
6-mavzu: Termoelektrik termometrlar va ularning ishlash prinsiplari, turlari Uzaytiruvchi elektrod simlar. (2 soat)
7-mavzu: Magnitoelektrik millivoltmetrlar. Potensiometrlar. Avtomatik potensiometrlar. Termoelektr yurituvchi kuch (EYUK) ni me’yorlashtiruvchi o‘zgartkichlar. (2 soat)
8-mavzu:Qarshilik termometrlari. Ularni ulash usullari. Logometrlar (2 soat)
9-mavzu: Muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan ko‘prik sxemalar. Avtomatik muvozanatlashgan ko‘prik sxemalar. (2 soat)
10-mavzu: Nurlanuvchi pirometrlar. Issiqlik nurlanishiga asoslangan harorat o‘lchash vositalari. Kvazimonoxromatik va spektral nisbatli pirometrlar. (2 soat)
11-mavzu: To‘liq nurlanish pirometrlari. Temperaturani o‘lchash uchun maxsus termometrlar. (2 soat)
4-modul 12-mavzu: Bosimni o‘lchash va nazorat qilish. Bosim to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Bosim o‘lchash asboblarining tasnifi. (2 soat)
13-mavzu: Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarining tuzilishi va vazifasi. Suyuqlik manometrlari. (2 soat)
14-mavzu: Deformatsiyalanishga asoslangan bosim o‘lchash vositalarining sezgir elementlari. Burdon trubkasi. . (2 soat)