Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə26/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari.
  1. Pirometr deganda nimani tushunasiz?


  2. Pirometrlarning ishlash prinsipi va qo‘llanilish sohalari haqida nimalarni bilasiz?


  3. Issiqlik nurlanishiga asoslangan harorat o‘lchash vositalariga misollar keltiring.


  4. Kvazimonoxromatik vva spektral nisbatli pirometrlar haqida gapirib bering.




Ma'ruza №11
To‘liq nurlanishli pirometrlari.Tempeaturani o’lchash uchun maxsus termometrlar


Reja:
  1. To‘liq nurlanishi pirometrlar.


  2. Temperaturani o‘lchash uchun maxsus termometrlar.




To‘liq nurlanish (radiatsion) pirometrlari
Radiatsion pirometrlar (to‘liq nurlanish pirometrlari) qizdirilgan jismning haroratini o‘lchashga mo‘ljallangan. Pirometr optik tizim (linza, oyna) bilan ta'minlangan. Bu tizim jismdan chiqqan nurlarni mitti termobatareya, qarshilik termometri va yarim o‘tkazgichli termoqarshiliklardan iborat o‘zgartgichga to‘playdi. O‘lchash asboblari sifatida millivoltmetr, avtomatik potensiometr va muvozanatlashtirilgan ko‘priklardan foydalaniladi.

11.1 – rasm. Radiasion pirometrning prinsipial sxemasi
.
11.1- rasmda termobatareyali radiatsion pirometrning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Pirometr ob'ektiv linza 1 va okulyarli teleskop 2 dan iborat. Nurlanish manbaidan chiqqan nurlarning yo‘lida cheklovchi diafragma 3 o‘rnatilgan, ob'ektiv linza fokusida esa termobatareya 4 joylashgan. Okulyar linza oldiga ko‘zni muhofaza qiluvchi rangli shisha 5 qo‘yilgan. Termobatareyada to‘plangan nurlar uni qizdira boshlaydi va nurlanishning to‘liq energiyasiga mutanosib bo‘lgan EYuK paydo bo‘ladi. Bu EYuK millivoltmetr bilan o‘lchanadi.
100° dan 4000° gacha haroratni o‘lchaydigan radiatsion pirometrlarning turli tuzilishlari mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining optik tizimi, termojuftlarni ulash sxemasi va boshqa elementlari bilan farq qiladi. O‘zgartkichlari qarshilik termometridan iborat bo‘lgan ba'zi radiatsion pirometrlarga nisbatan kichik, masalan, 20°S dan 100°S gacha haroratlarni o‘lchay oladi. O‘zgartgich qabul qiladigan nurlar energiyasini aniq hisobga olish juda qiyin. Chunki o‘zgartkich va atrof muhit o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashuvi mavjud. Shuning uchun, asbob hisobga olib bo‘lmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishi tabiiy.
Lekin shu kamchiliklarga qaramay, radiatsion pirometrlar sanoatda juda keng qo‘llaniladi. Pirometrlarning ko‘rsatishlarini masofaga uzatish yoki avtomatik ravishda yozib olish va ular yordamida haroratni rostlash mumkin. 2500°S gacha haroratni o‘lchashda pirometr ko‘rsatishlarining xatosi ±1,5%, 2500°S dan ortiq haroratni o‘lchaganda esa ±2,5% dan oshmaydi.
Seriyalab chiqarilayotgan APIR-S turidagi to‘liq nurlanish pirometrlari haroratni 30 dan 2500°S gacha bo‘lgan oraliqda o‘lchashga mo‘ljallangan. Maxsus tayyorlangan pirometrlar—100 dan +3500°S gacha haroratlar oralig‘ida qo‘llaniladi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin