Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə25/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari.
  1. Ko‘prik sxemalari deganda nimani tushunasiz?


  2. Ko‘prik sxemalarinng qanday turlarini bilasiz va ularning asosiy farqi nimada deb o‘ylaysiz?


  3. Muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan ko‘prik sxemalariga ta'rif bering.


  4. Muvozanatlashgan ko‘prik sxemalarining ishlash prinsipini tushuntirib bering.


  5. Avtomatik muvozanatlashgan ko‘prik sxemalarining ishlash prinsipini tushuntirib bering va misolllar keltiring.




Ma'ruza №10.
Nurlanuvchi pirometrlar.Issiqlik nurlanishiga asoslangan harorat o’lchash vositalari.
Reja:
  1. Nurlanuvchi pirometrlar.


  2. Issiqlik nurlanishiga asoslangan harorat o‘lchash vositalari.


  3. Kvazimonoxromatik va spektral nisbatli pirometrlar.


Yuqorida ko‘rilgan, haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan barcha termometrlar termometrning sezgir elementi bilan o‘lchanayotgan jism yoki muhit orasida bevosita kontakt bo‘lishini taqozo etar edi. Shuning uchun, haroratni o‘lchashning bunday usullari ba'zan kontaktli usullar deb yuritiladi. Bu usulni qo‘llashning yuqori chegarasi 1800...—2500°S. Ammo sanoatda va tadqiqotlarda bundan yuqori haroratlarni ham o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ko‘pincha o‘lchanayotgan jism va muhit bilan termometrning bevosita kontakti mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda haroratni o‘lchashning kontaktsiz usuli qo‘llaniladi.



Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizdirilgan jismning issiqligi ta'sirida hosil bo‘lgan nurlanish energiyasini o‘lchashga asoslangan. Nurlanish pirometrlari 20 dan 6000°S gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashda ishlatiladi.
Issiqlik nurlanishi nurlanayotgan jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqinlari tarzida tarqalish jarayonidan iborat. Bu to‘lqinlar boshqa jismlar tomonidan yutilganda ular qaytadan issiqlik energiyasiga aylanadi. Jismlar haroratiga teng bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarni 0 dan ∞ gacha bo‘lgan oraliqda tarqatadi. Qattiq va suyuq moddalarning ko‘pi nurlanishning uzluksiz spektriga ega, ya'ni barcha uzunliklardagi to‘lqinlarni tarqatadi. Boshqa moddalar (sof metallar va gazlar) nurlanishning selektiv spektoriga ega, ya'ni ular to‘lqinlarni spektrning ma'lum chegaralaridagina tarqatadi. To‘lqin uzunligi λ ≈ 0,4 dan λ ≈ 0,76mkm) gacha bo‘lgan chegara ko‘rinadigan spektrga moc keladi. Ko‘rinadigan spektrning har bir to‘lqin uzunligi ma'lum rangga mos keladi.
λ ≈ 0,4 dan λ ≈ 0,44 mkm gacha bo‘lgan to‘lqin ezunliklari to‘q binafsha rangga, λ ≈ 0,44 dan λ ≈ 0,49 mkm gacha — ko‘k zangori, λ ≈ 0,49 dan λ ≈ 0,59 mkm gacha to‘q va och yashil; λ ≈ 0,58 dan λ ≈ 0,63 mkm gacha — sariq— to‘q sarik; λ ≈ 0,63 dan λ ≈ 0,76 mkm gacha — och va to‘q qizil rangga mos keladi. λ ≈ 0,76 uzunlikdagi to‘lqinlar ko‘rinmaydigan infraqizil issiqlik nuriga kiradi.
Qizdirilgan jism haroratini orttirib borgan sari va uning rangi o‘zgarib borishi bilan spektral energetik ravshanlik, ya'ni ma'lum uzunlikdagi to‘lqinlar (ravshanlik) tezda ortadi, shuningdek, yig‘indi (integral) nurlanish sezilarli ortadi. Qizdirilgai jismlarning ko‘rsatilgan xossalaridan ularning haroratini o‘lchashda foydalaniladi. Shu xossalarga qarab nurlanish pirometrlari kvazimonoxromatik (optik) spektral nisbatli (rangli) va to‘liq nurlanishli (radiatsion) pirometrlarga bo‘linadi.
Nazariy jihatdan mutlaq qora jismning nur chiqarishi hodisasiga asoslanish mumkin, unda nur chiqarish koeffitsienti deb 1 qabul qilinadi. Agar jism o‘ziga tushayotgan nur energiyasini butunlay yutsa, u jismni mutlaq qora jism deyiladi. Barcha real fizik jismlar o‘ziga tushayotgan nurlarning biror qismini qaytarish qobiliyatiga ega. Shuning uchun, jismning nur chiqarish koeffitsienti birdan kichik, shu bilan birga u ma'lum jism tabiatiga ham, uning sirtqi holatiga ham bog‘liq. Tabiatda mutlaq qora jism yo‘q, ammo o‘z xossalariga ko‘ra mutlaq qora jismga yaqin bo‘lgan jismlar mavjud. Masalan, qora g‘adir-budir bo‘yoq (neft qurumi) bilan qoplangan jism barcha nur energiyasinn 96% gacha yutadi.
Spektral energetik ravshanlik va integral nurlanish moddaning fizik xossalariga bog‘liq. Shuning uchun, pirometrlar shkalasi mutlaq qora jism nurlanishi bo‘yicha darajalanadi. Harorat ortishi bilan spektral energetik ravshanlikning ortishi turli uzunlikdagi to‘lqinlar uchun turlicha va nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan haroratlar sohasida mutlaq qora jism uchun Vin tenglamasi bilan tavsiflanadi:
(10.1)
bunda yeλ uzunlikdagi to‘lqin uchun mutloq qora jismnnng spektral energetik ravshanligi; T—• jismning mutlaq harorati; C1 va S2 — nurlanishning qabul qilingan birliklar tizimiga bog‘liq bo‘lgan konstantalari qiymati; S1 = 2 πhC2,h — Plank doimiysi; S — yorug‘lik tezligi; S2 = NhC/Rr , N — Avogadro doimiysi; Rr — universal gaz doimiysi; ye— natural logarifm asosi.
Turli uzunlikdagi to‘lqinlarning spektral energetik ravshanligi bir xil bo‘lmagani uchun Vin tenglamasini optik pirometriyada ma'lum uzunlikdagi to‘lqinlar uchun qo‘llaniladi (odatda to‘lqin uzunligi 0,65 yoki 0,66 mkm bo‘lgan qizil rang uchun). Vin tenglamasidan taxminan 3000 0K gacha bo‘lgan haroratlar uchun foydalansa bo‘ladi. Undan ham yuqoriroq haroratlarda mutlaq qora jismning nurlanish jadalligi Plank tenglamasi bilan xarakterlanadi:
(10.2)

Mutlaq qora jismning integral nurlanishi Stefan — Bolsman tenglamasi bilan tavsiflanadi:

(10.3)
bu yerda, So — mutlaq qora jismning nurlanish doimiysi; T — nurlanayotgan sirtning mutlaq harorati, 0K.
Real fizik jismlar energiyani mutlaq qora jismga qaraganda kamroq jadallik bilan nurlantiradi. Kvazimonoxromatik pirometr bilan ham to‘la nurlanish pirometri bilan o‘lchash natijasida shartli harorat deb ataladigan haroratga ega bo‘linadi. Shartli haroratdan (ravshanlik haroratidan) haqiqiy haroratga o‘tish uchun Vin tenglamasini o‘zgartirishdan foydalaniladi.
Fizik jismning kvazimonoxromatik pirometr yordamida o‘lchangan yorug‘lik harorati Tya bo‘yicha haqiqiy harorati T qiymati quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
(10.4)
bu yerda, Tyajismning pirometr yordamida ulchangan ravshanlik (shartli) harorati, 0K; λ. — to‘lqin uzunligi, mkm; S2Vin tenglamasi doimiysi; yeλjismning berilgan to‘lqin uzunligi uchun qoralik darajasi.
Real jism harorati T ning to‘liq nurlanish pirometri yordamida o‘lchanayotgan haqiqiy qiymati quyidagy tenglama bilan ifodalanadi:
(10.5)

bu yerda, Tuto‘liq nurlanish pirometri bilan o‘lchangan shartli harorat; ε — barcha uzunlikdagi to‘lqinlar uchun jismning qoralik darajasi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin