Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə4/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari.
  1. Metrologiya so‘ziga ta'rif bering.


  2. Texnologik o‘lchashlar deganda nimani tushunasiz?


  3. Nazorat qilish vositalari haqida nimalarni bilasiz?


  4. Nazoratning texnologik asboblari fanining vazifalari.


  5. Texnologik asboblar to‘g‘risida qanday ma'lumotlagi egasiz?




2-Ma’ruza:
O‘lchash to’g’risida umumiy ma’lumotlar.O’lchashlrning tasnifi.
Reja:
  1. O‘lchash to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.


  2. O‘lchashlarning tasnifi.


  3. O‘lchash usullari.




O‘lchash — fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik vositalar yordamida aniqlash.
Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalikni shunday fizik kattalik bilan takqoslanadiki, unga 1 ga teng bo‘lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o‘lchov birligi deyiladi.
O‘lchash natijasi — kattalikning o‘lchash usuli bilan, masalan, kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‘lchash natijasini tenglama ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:


(2.1)
bu yerda, Q—o‘lchanayotgan fizik kattalik, U — o‘lchash natijasi yoki o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati, q — fizik kattalik birligi.
(2.1) tenglama o‘lchashning asosiy tenglamasi deyiladi. Uning o‘ng tomoni o‘lchash natijasi deb yuritiladi. O‘lchash natijasi doimo o‘lchamli kattalik bo‘lib, u o‘z nomiga ega bo‘lgan q birlikdan hamda ayni birlikdan o‘lchanayotgan kattalikda nechta borligini anglatadigan U sondan tashkil topgan.
O‘lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita, bilvosita, birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullari yordamida topiladi. Laboratoriya amaliyotida va ilmiy tekshirishlarda birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin