Avtomatlashtirish va boshqaruv


 Sarf o'lchovchi asboblar tavsifi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix23.10.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#65916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Hisobot

2.3 Sarf o'lchovchi asboblar tavsifi 
Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi 
magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan 
EYUK ni o‘lchashga asoslangan. Induksion sarf o‘lchagichning sxemasi 4.7-rasmda 
ko‘rsatilgan. 
Magnitning N va S qutblari orasida magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishiga 
perpendikulyar ravishda suyuqlik quvuri 1 o‘tadi. Quvurning magnit maydonidan 
o‘tadigan qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. 
Quvur devorlarida bir-biriga diametral qarama-qarshi yo‘nalgan o‘lchash eletkrodlari 2 
o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o‘z 
zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga berib, ularda EYUK hosil qiladi. Oqim tezligiga 
mutanosib, EYUK ning qiymati, magnit maydoni o‘zgarmas bo‘lganda, elektromagnit 
induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadn: 
E=B·D·v
o‘rt
bu yerda, B – magnit qutblari oralig‘ida hosil bo‘lgan elektr magnit induksiyasi, Tl;
D – quvurning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; v
o‘rt
– oqimning 
o‘rtacha tezligi, m/s. 
Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak 
Q
D
B
E

4

Bu ifodadan o‘zgarmas magnit maydonida EYUK ning qiymati 
sarfga to‘g‘ri mutanosib ekanligi kelib chiqadi. Induksion sarf 
o‘lchagichlar elektr o‘tkazish qobiliyati 10
-3
... 10
-5
sm/m dan kam 
bo‘lmagan suyuqliklarda ishlatiladi. 
O‘zgarmas magnit maydonga ega bo‘lgan induksion sarf 
o‘lchagichlarning asosiy kamchilgi – magnit elektrodlarida 
qutblanish va galvanik EYUK ning paydo bo‘lishidadir. Bu 
kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan 
induksiyalangan EYUQ ni to‘g‘ri o‘lchashga yo‘l qo‘ymaydi 
yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun, o‘zgarmas magnit 
maydoniga ega bo‘lgan sarf o‘lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi 
oqimi sarfini o‘lchashda va qutblanish o‘z ta’sirini ko‘rsatishga ulgurmaydigan qisqa 
vaqtli o‘lchashlarda ishlatiladi. Hozir induksion sarf o‘lchagichlarning ko‘pchiligida 
o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon τ vaqtda f 
chastota bilan o‘zgarsa, EYUK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
1
2
3
N
S

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin