Avtomatlashtirish va boshqaruv


Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix23.10.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#65916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Hisobot

Navoiy kon-metallurgiya kombinati – ishonchli hamkor, yuqori sifat, 
samaradorlik va barqarorlik kafolati. 
Kombinat o‘zining shonli tarixi davomida dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi 
xorijiy hamkorlari tomonidan eʼtirof etilib, zamonaviy kon-transport va texnologik 
uskunalarni joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish, yangi 
ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan 
muvaffaqiyatli hamkorlik tajribasiga ega. 
Hozirgi globallashuv jarayonlarida raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro 
integratsiyani kuchaytirish maqsadida, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 
boshqaruvning aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tildi. Korxonada kombinat faoliyatini 
takomillashtirish, uni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi 
kompaniyasiga va xalqaro moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirishga 
qaratilgan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, xalqaro standartlar 
talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. 
K-t tarkibida respublikaning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular 
negizida qurilgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod,Muruntov konidan oltin 
rudalari qazib olish.shaharlari, Zafarobod, Krasnogorsk shaharchalari hamda boshqa 
sanoat, madaniy-maishiy obʼyektlar bor.
Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri) 1958-yilda barpo etilgan. Uchquduq 
koni negizida uran maʼdanini ochiq va yer osti usulida, yer ostida tanlab eritmaga 
oʻtkazish usulida qazib olish va qayta ishlash; "Koʻkpatas" konining tarkibida oltin 
boʻlgan maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash korxonaning asosiy faoliyat 
yoʻnalishini tashkil etadi; Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) — Muruntov 
noyob oltin konini oʻzlashtirish uchun 1964-yilda barpo etilgan. 1967-yilning mart 
oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; Janubiy kon boshkarmasi 
(Nurobod shahri) — Sobirsoy uran konini oʻzlashtirish maqsadida 1964-yilning yanvar 
oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida 
oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, 
pardozlash taxtachalarini ishlab chiqarish; turli diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid 
va polietilen quvurlarni va boshkalar ishlab chiqarish). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod 
shahri) — Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971-yilning fevralida Bukinoy uran 
konlari guruhini sanoat usulida oʻzlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo 
kombinatining boʻlinmasi sifatida tashkil etilgan. 1993-yilda Navoiy KMK tarkibiga 


 
 
 
 
 
5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va 
boshqarish 
Лист 
 
 
 
 
 
 
Изм. Лист 
№ докум 
Подпись Дата 
uning tarkibiy boʻlinmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish 
usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshkarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) — 
Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954-yilda Chovli uran 
konini oʻzlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995-yildan 
esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabbro toshini sanoat usulida qazib olish; 
fosforit xom ashyosini qayta ishlash); "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish 
birlashmasi — 1963-yilning okt.da k-t boʻlinmalarining ish faoliyatini taʼminlash 
uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon shahri) — 
1992-yilda Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi sifatida tashkil qilingan. 1996-
yildan k-t boʻlinmasi (zargarlik buyumlarini yasash); "Agama" davlat trikotaj firmasi 
— 1990-yilda xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshma 
korxona sifatida tashkil etilgan. 1997-yildan boshlab ustki trikotaj buyumlari ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan, Navoiy KMKning shoʻʼba korxonasi; Zarafshon qurilish 
boshkarmasi — 1967-yilda tashkil topgan. 7 qurilishmontaj boshqarmasi, temir-beton 
buyumlari 
zavodi, 
mexanizatsiyalashtirilgan 
ishlar 
boshqarmasi, 
ishlab 
chiqarishtexnologik-butlash boshqarmalarini oʻz ichiga oladi, sanoat va fuqarolik 
qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va t. yillari qurilishini olib boradi; Kizilqum 
fosforit majmuasi — maʼdan kazib olish va fosforit unini ishlab chiqarish boʻyicha 
korxonaning 1navbati 1998-yilda ishga tushirildi. 2001-yilning avg . oyidan 
kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqaradi va uni Samarqand kimyo zavodi 
hamda Olmaliq "Ammofos" aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib beradi.
Oʻzbekiston mustakillikka erishganidan soʻng mamlakatda oltin va uran qazib olish 
sanoatining rivojlanishida yangi tarixiy bosqich boshlandi. Bu davr mobaynida Navoiy 
KMKda Uchqudukda oltin ajratib olish majmuasi, 3gidrometallurgiya zavodi va 
Koʻkpatas hamda Davgʻiztovda oltin konlarining qurilishi nihoyasiga yetkazildi va 
ular ishga tushirildi, "Zarafshon-Nyumont" qoʻshma korxonasi barpo qilindi, 
emulsiyali portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavod qurildi.
Kombinatda ishlab chiqarilgan oltin yombilar. Tarkibida oltin mavjud boʻlgan 
maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Navoiy KMK koʻp yillar mobaynida 
yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan barqaror ishlab kelmoqda. Mamlakat 
mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravar koʻpaydi. Ishlab turgan 
korxonalarni texnik qayta jihozlash, yangi navbatlarni qurish, shuningdek, oltin ishlab 
chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi eng yangi 
ilmiy-texnik tadqiqotlar joriy etildi.
K-t Oʻzbekistondagi yirik ilmiy markazlar va muassasalar, oʻquv yurtlari, jahondagi 
konchilik va rangli metallurgiya sanoatidagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlik 
qiladi.


 
 
 
 
 
5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va 
boshqarish 
Лист 
 
 
 
 
 
 
Изм. Лист 
№ докум 
Подпись Дата 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin