O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar

Reja: 1. Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekistonning o’rni? 2.O’zbekiston inson huquqlari? 3.O’zbekiston Logistika samaradorligi indeksida qanday pog’onalarni zabt etgan?
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi koʻrsatkichlari oshishiga sabab boʻlmoqda. Jumladan, soʻnggi toʻrt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamgʻarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʻonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʻonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʻonaga koʻtarildi. Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga koʻtarildi. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan soʻrovlarda aksariyat islohotlar oʻz aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi quyi pogʻonalarda qolmoqda. Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: