Avtomobil transporti muhandisligi


Korxonadagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tizimi bo‘yicha ma’lumot



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə5/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#186812
1   2   3   4   5
1 19amaliyotga

Korxonadagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tizimi bo‘yicha ma’lumot

Ishlab chiqarish binosida texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash mintaqalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, omborxonalar va yordamchi ishlar bajariladigan xonalar joylashtiriladi. Korxona ishlab chiqarish binosini texnologik rejalashtirish TXK va JT postlarini, avtomobillarni kutish va saqlash joylarini, ustaxona va omborxonalar hamda ularga o‘rnashtiriladigan texnologik jihozlarni, ko‘tarish-tashish uskunalarini va ishlab chiqarish anjomlarini loyihalash talablari asosida joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Korxona bosh rejasi va ishlab chiqarish binosini rejalashtirish bir vaqtda, uyg‘unlikda olib boriladi. Ishlab chiqarish binosining hajmiy-rejaviy yechimini ishlab chiqishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
– texnologik hisoblar natijalari (postlar, ishchilar soni, maydonlar yuzasi);
– qurilish talablari (er maydoni tavsifi, qurilish bosqichlari, tabiiy iqlim sharoitlari, qurilish me’yorlari va qoidalari);
– loyihalash geometrik parametrlari (avtomobil va uning hara-katdagi geometrik o‘lchovlari, oqim qatori, ishchi postlari va mintaqalarni rejalashtirish sekstiyalari tasnifi, binoning hajmiy-rejaviy echimlari);
– ishlab chiqarish jarayoni funkstional sxemasi va chizmasi (avtomobillarning TXK va JT mintaqalaridan o‘tish ketma–ketligi va bu oqimdagi avtomobillar soni);
– bino, inshootlar va xonalar tarkibi; – mintaqa va ustaxonalarning o‘zaro bog‘liqligi (mintaqalar va ulardagi ishchi postlari va oqim qatorlari hamda ustaxona va omborxonalarning o‘zaro yaqin aloqada joylashtirilishi);
– texnologik jihozlarning joylashtirilishi;
– boshqalar. Ishlab chiqarish binosini rejalashtirish eng murakkab va mas’ul muammo bo‘lib, u yuqorida keltirilgan texnologik va qurilish talablarini to‘liq ta’minlashi lozim. Masalaning murakkabligi shundaki, maqsadga, bir tomondan, binoning umumiy maydoni, hajmi va qiymatini kamaytirish hisobiga, ikkinchi tomondan, rejalashning texnologik takomillashganligi, ishlash sharoitining yaxshilanganligi natijasida erishiladi. Rejalashtirishning maqbullik belgisi bo‘lib texnologik qulayliklarni (kompaktlilikni) ta’minlagan holda solishtirma maydonning minimal qiymatiga erishish hisoblanadi.
Ustaxonalarning ishlab chiqarish binosida joylashishi ularning TXK va JT mintaqalari bilan texnologik aloqalarining mavjudligiga qarab belgilanadi. KXK zonasi atrofida nasosxona, kiyimlarni quritish va laxtak materiallar xonasi, shamollatish xonasi, apparat xonasi va tozalash inshoatlari joylashishi mumkin. TXK-1 va TXK-2 mintaqasi atrofida ta’minot tizimi, akkumulyator, elektrtexnik, shinamontaj ustaxonalari va moy ombori xonalari joylashishi mumkin. JT mintaqasi atrofida agregatlarni ta’mirlash, chilangar-mexanik, temirchilik, misgarlik, tunukasoz, payvandlash, armatura, qoplama, bo‘yoqchilik ustaxonalari va omborxonalar joylashishi mumkin. Bajarilayotgan ishlarning bir-biriga yaqinligiga qarab ustaxonalar quyidagicha guruhlashtirilishi mumkin.
Ustaxonalarni ishlab chiqarish binosida joylashtirishda hududda asosiy shamol yo‘nalishini hisobga olish zarur. Issiqlik bilan ishlaydigan yoki ish jarayonida har xil gazlar ajralib chiqadigan ustaxonalar ishlab chiqarish binosida shunday joylashtirilishi kerakki, ustaxonalardan chiqayotgan gazlar shamol bilan bino tashqarisiga olib chiqib ketilishi zarur. ATKda shamol yo‘nalishining takrorlanishi keltirilgan. Ustaxonalarning bir-biri bilan bog‘lanishi (bir-biriga kirishi) ni ko‘zda tutish zarur: shinamontaj va kamera yamash ustaxonalari hamda shina ombori; akkumulyatorlarni ta’mirlash va zaryadlash xonalari; nasosxona va moy mahsulotlari ombori. Ustaxonalarni rejalashtirishda xonalarni imkoni boricha tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishiga erishish zarur. Ajratilgan binoda TXK mintaqasi shunday joylashtirilishi kerakki, ustaxonalar bilan texnologik aloqalar ta’minlangan holda, u eng kam maydonni egallashi lozim. Shuning uchun rejalashtirishning bir necha variantlari ishlab chiqiladi, tahlil qilinadi va eng maqbul yechimi tanlab olinadi. KXK mintaqasi postlari boshqa mintaqa postlaridan va imkoni boricha bir-biridan ajratilgan holda joylashtiriladi, chunki bu mintaqada yuqori namlik va shovqin bo‘ladi, suv sachrashi mumkin. Odatda, KXK mintaqasi ayrim binoda rejalashtiriladi. Issiq iqlim sharoitida (eng sovuq oyning harorati 0°C dan yuqori bo‘lgan-da) yuvish postlari ochiq havoda yoki bostirma ostida joylashtirilishi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlari tashiydigan avtomobillar kuzovini tashqi yuvishdan so‘ng sanitar ishlovdan o‘tkazish uchun ayrim postlar ko‘zda tutilishi lozim. Tashhislash postlari ayrim binoda yoki TXK va JT postlari o‘rnashgan binoda joylashishi mumkin. TXK-1, TXK-2 postlari umumiy binoda, oqimli qatorlari ayrim binoda joylashishi mumkin. JT postlari TXK-1, TXK-2 postlari bilan birga yoki ayrim binoda joylashishi mumkin. TXK va JT postlarini joylashtirishda avtomobillar oralig‘idagi va avtomobil va bino elementlari orasidagi masofa me’yorlariga amal qilish lozim. Yaxshi ishlash sharoitini va texnologik jarayonni ta’minlash uchun bu mintaqalarda er ustida o‘rnashgan ko‘rish qurilmalari (gidravlik va elektr ko‘targichlar, qo‘zg‘aluvchan ustunlar, ag‘dargichlar) qo‘llanilishi lozim. Texnologik jarayon zarurati bilan ayrim hollarda ko‘rish handaqlari qo‘llanilishi mumkin. Avvalgi loyihalar bilan qurilgan korxonalarda ko‘rish handaqlari umumiy postlarning 40...60% ni tashkil etar edi. Handaq uzunligi avtomobil uzunligidan kam bo‘lmagan holda, chuqurligi yengil avtomobillar uchun 1,3...1,5 m, yuk avtomobili va avtobuslar uchun 1,1...1,2m, yo‘ldan tashqarida ishlaydigan o‘zi ag‘dargich avtomobillar uchun 0,5...0,7m, eni esa avtomobil o‘qi g‘ildiraklari orasidagi masofaga bog‘liq holda olinadi. Hozir avtomobil ko‘targichlaridan keng foydalaniladi.
TXK-1 ni oqimli qatorda o‘tkazish bo‘yicha avtomobil trans-portti ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya) tomonidan 2 va 3 postli andazaviy rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular 180 dan 700 gacha yuk avtomobil-lariga ega bo‘lgan avtotrans-port korxonalariga mo‘ljal-langan. 2.11- rasmda bir almashinuvda 11...16 ta TXK-1 uchun mo‘ljal-langan oqimli qator rejasi keltirilgan. Oqimli qatorning birinchi posti nazorat, sozlash, qotirish, elektrtexnik, shina, ta’minot tizimi ishlariga, ikkinchi posti moylash, to‘ldirish, tozalash ishlariga ixtisoslashtirilgan. TXK-1 va TXK- 2 lar bitta oqimli qatorda , ammo sutkaning turli vaqtlarida bajarilishi mumkin. Bunda maydon o‘lchami va mintaqani qurishga ketadigan sarf tejaladi, texnologik jihozlardan samarali foydalaniladi. TXK-1 va TXK-2 mintaqasini loyihalashda yoki qayta qurishda eng zamonaviy texnologik jihozlardan foydalanish ko‘zda tutilishi lozim. TXK-2 universal postlarda bajarilganda, postlar JT mintaqasida o‘rnatilishi mumkin. Toshkent shahridagi “Maxsustrans” korxonasi ishlab chiqarish binosidagi TXK-1 va TXK-2 oqimli qatorida dunyodagi ilg‘or texnologiyalar qo‘llaydigan korxonalar ishlab chiqargan jihozlar joylashtirilgan. Postlarning o‘zaro joylashishi bo‘yicha to‘g‘ri oqimli va boshi berk bo‘lishi mumkin. Postlarning to‘g‘ri oqimli joylashishi KXK, TXK-1, TXK-2 uchun oqimli qator usulida xizmat ko‘rsatilganda qo‘llaniladi. TXK va JT mintaqalarida postlar boshi berk qilib joylashtirilganda, postlarning o‘rnatilishi, to‘g‘ri burchakli bir qatorli va ikki qatorli, qiyshiq burchakli bo‘lishi mumkin. TXK va JT mintaqalarida postlarning o‘rnashishi, 55 ularning geometrik o‘lchovlari loyihalash to‘g‘risidagi adabiyotlarda berilgan yoki ularda ko‘rsatilgan tavsiya bilan chizma usulda aniqlanishi mumkin. JT ishlari universal yoki maxsuslashgan postlarda bajariladi. JT universal postlarda bajarilganda avtomobil ostidagi ishlarni bajarishni osonlashtirish uchun boshi berk bir necha xandaqlar transheya bilan birlashtiriladi va ularga tushish va chiqish zinalari qilinadi. Universal postlarda turli mutaxassislikdagi ishchilar JT ning har xil ishlarini bajaraveradilar. Keyingi loyihalarda JT mintaqasi postlarini maxsuslashtirish amalga oshirilmoqda. Bunda JT ishlari agregatlar bo‘yicha bo‘linib maxsus postlarda bajariladi. 2.12-rasmda yuk avtomobillari uchun postlari maxsuslashtirilgan joriy ta’mir mintaqasi rejasi keltirilgan. Yakka avtomobillar uchun JT boshi berk postlarda, tashqi devor bo‘ylab oynalardan yaxshi yorug‘ tushadigan joyda o‘tkaziladi, avtopoezdlar uchun esa JT boshi ochiq postlarda o‘tkaziladi. Ustaxonalarni rejalashtirish texnologik hisoblar natijasida aniqlangan ma’lumotlar asosida, bajariladigan ishlarga mos ravishda texnologik loyihalash me’yorlari hamda qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ustaxonalarni rejalashtirishda bir xil xarakterga ega bo‘lgan ba’zi ishlar bajariladigan ustaxonalar bir xonaga joylashtirilishi maqsadga muvofiq, chunki bitta xonani bir necha bo‘limlarga bo‘lishning hojati qolmaydi. Hatto, agar ustaxona maydoni 10 m2 dan kam bo‘lsa, uni boshqa o‘xshash ishlar bajariladigan ustaxona bilan birlashtirish zarur, binoning eni esa, 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Texnologik loyihalash me’yorlariga ko‘ra, yong‘inga qarshi xafvsizlikni, sanitariya talablarini ta’minlash uchun quyidagi guruh ishlar uchun ayrim binolar ko‘zda tutilishi lozim: agregat, chilangar-mexanik, elektrtexnika, radiota’mirlash ishlari; dvigatelni sinash; karbyurator va dizel dvigatellari ta’minot tizimi ta’miri; akkumulyator batareyalari ta’miri; shina yig‘ish va kamera yamash ishlari; taksometr ishlari; temirchilik-ressora, misgarlik, payvandchilik, tunukasozlik va armatura ishlari; yog‘ochsozlik va qoplamachilik ishlari; bo‘yoqchilik ishlari. Ustaxonada bajariladigan ishlar hajmiga, uning maydoniga, jihozlar soniga qarab, o‘rta va katta korxonalarda ular ayrim xonalarda joylashishi mumkin. Ustaxonada jihozlarning o‘rnashishi texnologik jarayonni to‘liq bajarishga qaratilgan bo‘lib, unda jihozlar orasidagi me’yoriy masofalar va barcha talablar ta’minlanishi lozim. Ustaxonani rejalashtirishda uning ishlab chiqarish binosidagi o‘rni belgilanib, texnologik hisob natijasida aniqlangan maydonga jihozlar texnologik jarayonni ta’minlaydigan «marshrutli texnologiya» asosida o‘rnatilishi lozim.
Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin