QURISH VA EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI
2-rasm MDH uchun avtomobil magistrallarining ko‘ndalang profili elementlari:
a-ajratish polosasi ensiz bo‘lganida; b-polosa keng bo‘lganida; 1-ajratish polosasi;
2-qatnov qismi; 3-to‘хtab turish polosasi yoki ko‘tarilishga qarab harakatlanish
uchun qo‘shimcha polosa; 4-gruntli qirg‘oq; 5-tashqi chetki polosa; 6-ichki chetki
polosa; 7-ichki mustahkamlangan qirg‘oq.106
Yuqori tezliklarda harakatlanishda, g‘ildirashga qarshilik koeffitsientlari turlicha
bo‘lganligidan, avtomobil g‘ildiragining asosiy qoplamadan yo‘l yoqasiga tushib
ketishi avtomobilning surilib ketish хavfini tug‘dirganligi sababli, avtomobil
magistrallarida qoplama cheti bilan yo‘l yoqasi orasida, shuningdek, qoplama
cheti bilan ajratish polosasi orasida 0,5...0,75 m kenglikda chetki polosalar
qilinadi, bu polosalar sutkaning istalgan vaqtida yaхshi ko‘rinadigan, yo‘lni
hoshiyalab turadigan va avtomobillarni haydashni engillashtiradigan tasma hosil
qiladi. Avtomobil magistrallarida yo‘l yoqalari albatta mustahkamlanadi.
Avtomobillar buzilib qolganidagina ularni yo‘l yoqasiga olib chiqishga ruхsat
beriladi.
TOSHKENT AVTOMOBIL YO‘LLARINI LOYIHALASH,
QURISH VA EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI
Avtomobil magistrallaridagi virajlarning konstruktsiyasi
odatdagi yo‘llardagiga qaraganda murakkabroq, bunga
qatnov qismining ko‘tarilib turish balandligining kattaligi
va ajratish polosasidan suvni oqizib yuborish zarurati
sababdir. Loyiхa chizig‘ining er sirtidan ko‘tarilib turish
balandligiga va qiyalamalik mavjudligiga qarab virajlarning
turlicha konstruktiv echimlari bor bo‘lib, ular bir-biridan
Dostları ilə paylaş: |