Oqim jadalligi U ixtisoslashtirilgan oqim bilan vaqt birligi ichida bajarilgan ish miqdori bo`lib, u sof ko`rsatkichlar bilan o`lchanadi, ya’ni ishning almashish davri bajarilgan yer ishi m3, m2 va ho
Oqim jadalligi U ixtisoslashtirilgan oqim bilan vaqt birligi ichida bajarilgan ish miqdori bo`lib, u sof ko`rsatkichlar bilan o`lchanadi, ya’ni ishning almashish davri bajarilgan yer ishi m3, m2 va hokazo.
Oqim jadalligi U ixtisoslashtirilgan oqim bilan vaqt birligi ichida bajarilgan ish miqdori bo`lib, u sof ko`rsatkichlar bilan o`lchanadi, ya’ni ishning almashish davri bajarilgan yer ishi m3, m2 va hokazo.
Texnologik dam olish vaqti ttex deb qo`llaniladigan ashyolarning texnologik hususiyatlaridan kelib chiqqan dam olish vaqtiga aytiladi. Masalan betonni sergib o`zini ushlash davri va boshqalar.
Tashkiliy dam olish ttash deb navbatdagi ixtisoslashgan oqim uchun ish ko`lamini tashkil qilishga ketgan vaqt.
2. Yer ishlari.
Yerli asos qurilish me’yori va qoidalariga to`g`ri keladigan tarkibdagi tuproqlar va sun’iy tanlangan ashyolarni tashib keltirish bilan barpo etiladi. Yerli asosni qurish yo`l qurilish ishlarining tarkibiy qismi bo`lib u quyidagilardan iborat bo`ladi.
Yo`l bo`laklarini tozalash – yer ishlariga kirishishni dastlabki bosqichi.
Tuproqlarni yumshatish – yo`l mashinalari ishini yengillatish uchun qo`shimcha jarayonlar.
Burg`ilash ishlari – tog` jinsi muzlama, botqoqli tuproqlarni portillatish.
Burg`ilash ishlari – tog` jinsi muzlama, botqoqli tuproqlarni portillatish.
Yo`l mashinalari yordamida yo`l asosini tuproq bilan ko`tarish yoki uni qirqib olish ishlari.
Yo`l bo`laklarini tozalash.Yo`l qurilishidan oldin uning asosi daraxt, to`ngak, daraxt qoldiklari, katta toshlardan yetarli kenglikda tozalanib ish bajarish va yo`l qurilish mashinalarini shikastlanishini oldini olish maqsadida maydon ajratiladi. Yo`l asosi uchun o`zining kengligiga mos keladigan maydon va shunga ko`shimcha quriladigan bino, omborxona, zahira va boshqa maqsadlar uchun maydonlar ajratiladi.
Yo`l bo`lagini tozalash bo`yicha bir guruh ishlarni bajarish quyidagi jarayonlardan iborat:
Yo`l bo`lagini tozalash bo`yicha bir guruh ishlarni bajarish quyidagi jarayonlardan iborat:
Daraxtlarni kesish va ularning to`ngaklarini chiqarish;
Daraxt shoxlari va ildiz qoldiklarini tozalash;
Katta-katta toshlarni chiqarish, yig`ishtirish va ularni yo`l bo`lagidan olib tashlash;
Tuproqning unumdor qatlamini qirkib olish.
Daraxtlarni yiqitish usullari ularning nasli va tegishli jihozlarning mavjudligiga qarab tanlanadi. Agar daraxt ildizlari chuqur ketmagan bo`lsa, ularni ildizlari bilan yiqitish maqsadga muvofiq bo`ladi.