Botqoqlik joylardan o`tadigan yer polotnosining tuzilishi (konstruktsiya) botqoqlik turiga, uning chuqurligiga, bog`lovchi jinslarining xususiyatiga va yo`l toifasiga bog`liq bo`ladi. Botqoqliklar quyidagi turlarga bo`linadi:
Botqoqni quritishning texnik imkoniyatlari borligi va uni iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligi. Quritish ishlari yo`l asosini ko`tarish davrigacha amalga oshiriladi.
Takomillashgan mukammal turdagi qoplamali yo`llarda botqoqlik chuqurligi 4 m.gacha, takomillashgan yengil qoplamali yo`llarda esa 2 m.gacha bo`lganda yo`l asosi tagidagi torf butunlay olib tashlanishi lozim. Botqoqlik chuqurligi undan chuqur bo`lganda yo`l asosi alohida tayyorlangan loyihaga asosan amalga oshiriladi.

Ko`ndalang yo`nalishda harakatlanuvchi yer osti suv oqimi mavjud bo`lgan botqoqliklarda suv o`tkazuvchi inshoatlar ko`zda tutiladi. Agar bunday inshoatlar bo`lmasa yo`l asosi sizot suvlarini yaxshi o`tkazish hususiyatiga ega bo`lgan ashyolardan qilinadi. Masalan, tosh, shag`al, donali qum va boshqalar ishlatilishi mumkin.