Avtomobillarning axborot-diagnostik tizimiga ta'luqli asboblarni tuzilishi va ishlashi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə6/11
tarix21.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Avtomobillarning axborot-diagnostik tizimiga ta\'luqli asboblarni tuzilishi va ishlashi

Termobimetall impulsli manometr. Termobimetall impulsli manometr datchik va ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, bimetall plastinali ko‘rsatkichning tuzilishi impulsli termometr ko‘rsatkich tuzilishi bilan aynan bir xil (6.1-rasm).
Termobimetall impulsli manometr quyidagicha ishlaydi (6.5-rasm). Membrana 8 ostida bosim bo‘lmaganda (o‘t oldirish kaliti ulangan, lekin dvigatel ishlamayotgan hol) datchikdagi kontaktlar bir-biriga minimal kuch bilan tiralgan va termobimetall plastina chulg‘ami 7 dan o‘tayotgan tok uning ishchi yelkasini qizdiradi va u egilib kontaktlarni uzadi. Bir necha daqiqadan keyin plastina soviydi va to‘g‘rilanib, kontaktlarni yana tutashtiradi. Shu tarzda datchik kontaktlari davriy ravishda tutashib-uzilib turadi. O‘z navbatida, ko‘rsatkichdagi  simon plastinaning ishchi yelkasi, unga o‘ralgan chulg‘amdan o‘tayotgan effektiv tok Ieff ta’sirida qiziydi va u egilib ko‘rsatkich strelkasi 10 ning ishchi holatga, ya’ni shkalaning nol belgisiga keltiradi.

Datchik membranasi ostida bosim paydo bo‘lganda (dvigatel ishga tushgandan keyingi hol) elastik plastina 9 kontakt bilan birgalikda ko‘tariladi va termobimetall plastinani yuqori tomonga egadi. endi kontaktlar uzilishi uchun bimetall plastinadagi chulg‘amdan ko‘proq vaqt tok o‘tkazilishi talab qilinadi. Bu esa, ko‘rsatkichdagi termobimetall plastina ishchi yelkasining ko‘proq qizishiga, ko‘proq egilishiga, va demak, strelkaning kattaroq burchakka og‘ishiga olib keladi. Ko‘rsatkich bimetall plastinasining ishchi yelkasi qanchalik ko‘p egilishi, ya’ni strelka qanchalik katta bosimni ko‘rsatishi, datchik membranasi ostidagi bosimning kattaligiga va elastik plastinadagi kontakt bimetall plastina ishchi yelkasidagi kontaktga qanchalik katta kuch bilan tiralib, uni deformatsiya qilish darajasiga bog‘liq.
Termobimetall plastinalarning ishchi yelkalari atrof-muhit harorati ta’sirida ham qizishi mumkinligini hisobga olib, bu turdagi manometrlardagi bimetall plastinalarning har ikkalasida ham termokompensatsiya yelkalar ko‘zda tutilgan.
Impulsli asboblarning tuzilishi nisbatan sodda va ularda tashqi muhit harorati o‘zgarishini yaxshi kompensatsiya qilish mexanizmi mavjud. Ammo kontaktlarning tutashib-uzilish jarayoni, ular orasida uchkun chiqishiga va bu sezilarli radioxalaqitlarni vujudga kelishiga olib keladi. Ish jarayonida kontaktlar kuyadi, yemiriladi, o‘lchamlari o‘zgaradi va natijada, datchikning ham dastlabki ko‘rsatkichlari o‘zgaradi, o‘lchash aniqligi pasayadi. Shuning uchun oxirgi vaqtda bu turdagi bosim o‘lchash asboblari reostat datchikli logometrik manometrlar bilan almashtirilmoqda.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin